×

Yangi Zelandiya: Bakalavriatda o’qiyotganlar uchun haq to’lanadigan tadqiqot dasturi


Grant

MUHLAT

03.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

2354 marta

University of Auckland Yangi Zelandiyadagi birinchi raqamli universitet bo’lib, dunyo bo’yicha ham yuqori reytingga ega. Hozir bakalavriat bosqichida o’qiyotgan talabalarda shu universitetda 10 haftalik tadqiqot olib borish imkoniyati mavjud. Magistratura va doktorantura bosqichlarida talabalar tadqiqot olib borishlari zarur ekani bizga ma’lum, bakalavriat bosqichida esa tadqiqot ancha cheklangan hisoblanadi. University of Auckland taklif etayotgan dasturning asosiy maqsadi esa talabalarga ular tadqiqot olib boradigan vaqtdan oldin, ya’ni magistratura yoki doktorantura bosqichlarini boshlamay turib tadqiqot qilib ko’rish, o’rganish va tajriba orttirishga sharoit yaratishdir. Dastur davomida yosh tadqiqotchilarga nazoratchilar yordam berib borishadi, tadqiqotchilar esa stipendiya bilan ta’minlanishadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qiyotgan ko’ngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yozda 10 hafta davomida olib boriladigan tadqiqot uchun har bir tadqiqotchiga umimiy miqdori 6000 AQSh dollariga teng stipendiya ajratiladi.

Oklend shahrining chiroyli tabiati va bu yerda yozda bo’lib o’tadigan qiziqarli bayramlar sababli tadqiqotchilar tadqiqot bilan birga maroqli hordiq ham olishlari mumkin bo’ladi. Oklend universitetining yozgi turar joyi ham mavjud, tadqiqotchilar yozni shu yerda o’tkazishlari ham mumkin.

Talablar:

Dastur uchun hujjat topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar quyidgi umumiy talablarga mos bo’lishlari zarur:

  1. Nomzod hozirda OTMda bakalavriat bosqichida o’qiyotgan bo’lishi va o’qishining ilk ikki yilini o’qib bo’lgan bo’lishi kerak;
  2. Hujjat topshirish vaqtida nomzodning o’z tadqiqot rejasi va kelishilgan nazoratchisi bo’lishi kerak. Tadqiqot olib borish mumkin bo’lgan loyihalar bilan bu yerda tanishing;
  3. Nomzod bu dasturda ilgari ishtirok etmagan bo’lishi zarur;
  4. Nomzod dastur davomida haq to’lanadigan (dasturdan tashqari) mashg’ulotlar bilan shug’ullanmaslikka tayyor bo’lishi kerak;
  5. Nomzod magistratura yoki doktorantura bosqichida o’qishni boshlamagan va dissertatsiya yozmayotgan bo’lishi zarur;
  6. Nomzodning GPA/GPE ko’rsatkichi kamida 6.00 bo’lishi kerak. GPA ko’rsatkichini hisoblash uchun bu yerga kiring;
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Umuman olgan IELTS 6.0 va TOEFL (Paper-based) 575 yoki (Internet-based) 90 balldan kam bo’lmasligi zarur. Ingliz tilini bilish darajasi ham, boshqa barcha talablar kabi, qaysi fakultet ostida tadqiqot olib borishingizga bog’liq. Til bilish ko’rsatkichlari uchun talablar bilan batafsil bu yerda

Universitetda tadqiqot uchun ochiq bo’lgan quyidagi fakultetlar mavjud (ularning maxsus talablari bilan tanishish uchun fakultet nomi ustiga bosing):

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun quyidagi hujjatlarni elektron ko’rinishda tayyorlab qo’ying:

  1. CV.
  2. Universitetda shu paytgacha olingan baholar. University of Aucklandda o’qiyotgan talabalar Student Services Online orqali baholarining norasmiy nusxasini olishlari mumkin. Boshqa universitet talabalari rasmiy baholarni taqdim etishlari shart.
  3. Nomzod tanlagan loyihaga oid fakultet tomonidan so’ralgan ma’lumotlar.

Hujjat topshirish jarayoni:

Hujjat topshirishda avval Summer Research Programme’ga, keyin grantning o’zi va loyihaga ariza topshirish kerak, ariza berishdan oldin sizni qiziqtirgan loyihani tanlashingiz kerak. Onlayn hujjat topshirish bo’yicha batafsil yo’l-yo’riqlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!