×

Obama fondining stipendiya dasturi: AQSHdagi Kolumbiya universitetida 1 yillik taʼlim dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

13.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

11799 marta

Kolumbiya universitetidagi Obama fondi stiendiya dasturi oʻz jamiyatlari va mamlakatlaridagi muammolarga yechim topish ishtiyoqini namoyish qilgan AQSH va dunoyoning boshqa davlatlaridan boʻlgan yangi yetakchilarni birlashtiradigan dasturdir. Dastur qatnashchilari Columbia World Projects markazida 1 yillik malaka oshirish dasturini oʻtab, oʻz bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtiradi, oʻz taʼsirlarini tezlashtirish uchun yangi imkoniyatlar va tanishlar doirasini yaratadi. Nyu-York shahridagi Kolumbiya universitetida boʻlib oʻtadigan ushbu dastur toʻliq moliyalashtiriladi.

Ishtirokchilar akademik, koʻnikmalar va tajribaga asoslangan taʼlimni oʻzida birlashtirgan immersiv dasturda qatnashadi.

Dasturning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

  • Haftalik seminarlar.
  • Shaxsiy va kasbiy rivojlanish boʻyicha mashgʻulotlar.
  • Tajribaga asoslangan taʼlim.
  • Tekshiriladigan kurs ishi.
  • Gʻoyaviy yetakchilikka yoʻnaltirilgan spikerlar nutqlari.
  • Kolumbiya universiteti xodimi boʻlgan konsultantlar bilan hamkorlik.
  • Kolumbiya universiteti hamjamiyati bilan muloqot va aloqa oʻrnatish.

Hozirda 2024-yilda boshlanadigan dastur uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dastur mazmuni bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Grant kimlar uchun?

Oʻz sohasiga sezilarli darajada hissa qoʻshgan yetakchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur quyidagi iqtisodiy imtiyozlarni taqdim etadi:

  • Nyu-York shahrida yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya ajratiladi.
  • Kolumbiya universitetida piyoda yetib olish mumkin boʻlgan masofada joylashgan, toʻliq jihozlangan studio kvartira beriladi.
  • Kolumbiya universitetida 4 tagacha kursda qatnashish uchun kontrakt summasi va boshqa barcha badallar toʻliq qoplanadi.
  • Nyu-Yorkdagi dastur davomida asosiy tibbiy, tish parvarishi va hayot sugʻurtasi xarajatlari qoplanadi.
  • AQSHga borish-kelish va dastura oid faoliyat yuzasidan kerakli boʻlgan safarlar uchun aviachiptalar taʼminalandi.

Dastur ishtirokchilarning oila aʼzolari uchun moddiy mablagʻ ajratmayadi (agar ishtirokchi oilali boʻlsa va oilasini ham olib bormoqchi boʻlsa). Biroq oila aʼzolarga viza olish jarayoniga yordam koʻrsatadi.

Talablar:

Dastur quyidagi mezonlarga mos boʻlgan nomzodlar uchun moʻljallangan:

  • Oʻz sohasiga sezilarli hissa qoʻshgan va hozirda karyerasining “yuksak nuqtasida” boʻlgan yangi yetakchilar.
  • Biror jamiyat, hudud yoki davlatda xizmat qilish va yetakchilik masʼuliyatini, shuningdek, dastur yakunlangan oʻz jamiyatiga qaytib, jamiyati manfaatlari uchun oshirilgan malakasi, yaxshilangan koʻnikmalari va aloqalari qoʻllash masʼuliyatini olganlik.
  • Ingliz tilisi ham yozma, ham ogʻzaki jihatdan ravon ekanlik (IELTS 7.0 yoki shunga teng darajadagi sertifikat talab etiladi).
  • Oʻz jamiyati kelajagini ijobiy shakllantirish qobiliyati va potensialiga ega ekanlik.
  • Jamiyatga yo’naltirilganlik, umid, jasorat, tasavvur, strategiya, masʼuliyat, halollik va qatʼiyatlilikka sodiqlikni namoyon etish.

Istalgan davlat va soha vakillari ushbu dasturga ariza topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 13-dekabr, soat tonggi 03:00 gacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA onlayn tarzda toʻldirish mumkin (aria toʻldirish uchun avval roʻyxatdan oʻtib, akkaunt ochiladi).

Ariza topshirishda quyidagi materiallarni taqdim etiladi:

  • Onlayn ariza (toʻldiriladi).
  • Rezyume/CV.
  • 3 daqiqadan oshmaydigan video. Video nomzod va uning ishini saralash komissiyasiga tanishtirishi kerak.
  • Qisqa savollarga javoblar.
  • Inlgiz tili malakasini isbotlovchi xalqaro sertifikat. Kamida IELTS 7.0 yoki shu darajaga teng boshqa sertifikat topshirilishi kerak.
  • 2 ta tavsiyanoma.

Ariza topshirishda topshiriladigan materiallar, ularning taʼrifi va talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Shuningdek, boshqa bir kishini dasturga nomzod sifatida tavsiya qilish ham mumkin. Tavsiya qilish uchun BU YERGA tashrif buyuring.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur, qabul jarayoni va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi elektron manzilga murojaat qilishingiz mumkin: columbiaworldprojects@columbia.edu

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!