×

OFID Scholarship: magistratura uchun to’liq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

14.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

2736 marta

Avstriyadagi OFID – The OPEC Fund for International Development tashkiloti rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan, rivojlanish va barqaror taraqqiyot sohasida magistratura bosqichini davom ettirmoqchi bo’lgan talabalarga OFID Scholarship 2019/20 grant dasturini taqdim etadi. Stipendiyalar asosan 1 yillik magistratura kurslari uchun ajratiladi. Dastur 13 yildan buyon faoliyat olib boradi. OFID Scholarship shu paytgacha turli mamlakatlardan bo’lgan 50 nafar iqtidorli talabaga moddiy ko’mak ajtargan.

Grantlar magistratura kursining quyidagi yo’nalishlari uchun ajratiladi:

  • Iqtisodiyot: barqaror taraqqiyot, energetika, qashshoqlikka qarshi kurash
  • Ekologiya: cho’llashish (desertification) va uning oldini olish
  • OFID dasturiga bog’liq bo’lgan boshqa ilmiy va texnologik sohalar

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda g’olib bo’lgan talabaga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • O’qish va boshqa barcha majburiy to’lovlari to’liq qoplanadi.
  • Ona yurtidan o’qiyotgan mamlakatiga borib – kelishi uchun aviabilet olib beriladi.
  • Sug’urta xarajatlari to’lanadi.
  • Yangi joyga ko’chib o’tishi uchun bir martalik mablag’ ajratiladi.
  • Bir yil davomida oylik stipendiya tayinlanadi.

Stipendiyalar asosan 1 yillik magistratura kurslari uchun ajratiladi. (Tanlangan yo’nalishi bo’yicha o’qish muddati 2 va undan uzoq davom etadigan talabalar keyingi yillar uchun to’lovlarni o’zlari amalga oshira olishlarini dastur hay’atiga isbotlab berishlari zarur). Batafil ma’lumot

Talablar:

  • Nomzod rivojlanayotgan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor).
  • Nomzod davlat tomonidan tan olingan oliygohning magirtratura kursiga kunduzgi (full time) tartibda qabul qilingan bo’lishi kerak.
  • Nomzod 2019-yil avgust/sentabrda boshlanadigan, rivojlanish va barqaror taraqqiyot yo’nalishidagi magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  • Nomzod a’lochi bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Nomzod 23-32 yoshda bo’lishi kerak.
  • Nomzod davlat tan olgan oliygohlardan birida bakalavr bosqichini tamomlagan bo’lishi zarur.
  • Dasturda qatnashish uchun nomzodning baholari o’rtacha 4.0 dan 3.0 ni tashkil etishi zarur.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Grant dasturida qatnashish uchun nomzod avvalo davlat tomonidan tan olingan oliygohlardan birining 2019-yil avgust/sentabrda boshlanadigan magistratura kursiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  • Dasturga onlayn ariza va boshqa talab qilingan hujjatlarning barchasini 2019-yilning 14-apreliga qadar taqdim etishi kerak.
  • Ariza qabul qilinganidan so’ng nomzodga bu haqida avtomatik tarzda habar keladi.
  • Natijalar 2019-yil iyun oyida e’lon qilinadi.

Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Passport nusxasi.
  3. Bakalavr diplomi.
  4. Baholar/diplom ilovasi.
  5. Magistratura kursiga qabul qilinganlik haqidagi hujjat (oliygoh nomi, tanlangan yo’nalish va kursning davomiyligi).
  6. Ingliz tilini o’zlashtirganlik haqidagi sertifikat.
  7. Esse (500 so’zdan iborat).
  8. 2 ta tavsiyanoma.
  9. CV.

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan va savol-javoblardan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

  • Tel: +43-1-515 64-0
  •  Fax: +43-1-513 92 38

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!