×

II OIC Youth Scientific Congress: ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanuvchi yoshlar uchun Qozon shahrida 3 kunlik dastur


Grant

MUHLAT

25.09.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

2189 marta

Academy of Youth Diplomacy tashkiloti tomonidan II OIC Youth Scientific CongresIHT Yoshlar ilmiy kongressi 2-mavsumini tashkil qilinmoqda. Ushbu dastur 2023 yil 8-11 noyabr kunlari Tataristonning Qozon shahrida bo’lib o’tadi.

Dastur Rossiya va IHT davlatlarining 100 nafar yosh tadqiqotchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan ko’zlangan maqsad barcha ishtirokchi mamlakatlarning texnologik va innovatsion rivojlanishiga hissa qo’shishdan iborat. 3 kunlik ushbu dasturda tinchlik va ta’lim, biotibbiyot, xalqaro huquq va jamiyat, neft texnologiyalari, arxitektura va dizayn sohalaridagi eng dolzarb tadqiqot masalalari bo’yicha muloqot hamda muzokaralar olib boriladi.

Dastur to’liq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshdagi ilmiy ish bilan shug’ullanuvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 3 kunlik ushbu dasturda bepul ishtirok etish imkoniyati.
  • Mahalliy transport va turar joy xarajati qoplanadi.
  • Ishtirokchilar viza va xalqaro safar xarajatlari qoplanishni soʻrashi ham mumkin.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha: 

  • Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo (O’zbekiston ham a’zo) davlatlarning fuqarolari ariza berishi mumkin.
  • Nomzodlar 18-35 yosh orasida bo’lishi lozim. 
  • Ingliz tilini B2-C1 darajada bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi. 
  • Dastur doirasidagi yo’nalishlardan birida ilmiy ish bilan shug’ullanishi kerak Ariza topshirish davomida nomzoddan 1-2 sahifadan iborat maqola yoki tezis yuklanishi talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Arizalar 2023- yil 25-sentabrga qadar qabul qilinadi.Sarlangan ishtirokchilar bilangina aloqaga chiqiladi.

MUHIM: ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!