×

Yaponiya: Talabalar uchun 2-6 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi va stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

15.04.2022

QOLGAN VAQT

139 kun

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

14582 marta

Yaponiyada joylashgan Okinava fan va texnologiya instituti (OIST) mahalliy va xorijiy talabalarga 2 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda universitetda amaliyot oʻtash imkonini beruvchi OIST Research Internship (OIST Tadqiqot amaliyoti) dasturini taklif qiladi. Ishtirokchilar OIST ilmiy xodimlarining yoʻl-yoʻriqlari asosida tadqiqot muhitida ish olib borish tajribasiga ega boʻladi.

Amaliyot dasturiga yiliga ikki marta taklif etiladi hamda amaliyot oʻrinlari ishtirokchilarga soʻralgan tadqiqotning mosligi, akademik koʻrsatkichlar, joy va mablagʻning mavjudligiga qarab taqdim etiladi.

OIST jinsi, jinsiy oʻziga xosligi, jinsiy ifodasi, yoshi, jinsiy oriyentatsiyasi, ruhiy yoki jismoniy nogironligi, tibbiy ahvoli, irqi, etnik kelib chiqishi, madaniyati, milliy kelib chiqishi, dini yoki oilaviy holatiga qarab insonlarni diskriminatsiya qilmaydigan inklyuziv, teng va xilma-xil muhim yaratishga intiladi. Ayollar va vakillari kam namoyon boʻladigan boshqa shaxslar guruhlari tomonidan ariza berilishi kuchli ragʻbatlantiriladi.

Nomzodlar taklif etiladigan tadqiqot dasturini tanlashi va oʻzi tanlagan dastur boʻyicha ariza topshirishi kerak boʻladi. Mavjud tadqiqot sohalari va ularga nechta amaliyotchi qabul qilinishi haqida BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Oʻqishni yaqinda tamomlagan bitiruvchilar, 3-4-kurs bakalavriat hamda 1-2-kurs magistraturada tahsil olayotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Amaliyot dasturiga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Bir ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 21 AQSH dollari) haq toʻlanadi.
  • Shatl avtobus chiptasi beriladi.
  • Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta olib beriladi.
  • Jihozlangan bepul turar joy bilan taʼminlanadi.
  • Viza olish, sugʻurta va mahlliy roʻyxatga olish masalalarida ham yordam koʻrsatiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekiston sharoitida bakalavriat bosqichining oxirgi 2 yilida oʻqiyotgan yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni yaqinda bitirganlar dasturga ariza topshirishi mumkin.
  • Hozirda talaba boʻlganlar amaliyotga borishi uchun oʻz oʻquv muassasasidan ruxsat olishi kerak.
  • Nomzodning akademik sohasi (oʻqiyotgan yoki oʻqigan sohasi) tanlangan amaliyot dasturiga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Amaliyot ingliz tilida olib boriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Mazkur dasturga qabul yiliga 2 marta amalga oshiriladi:

  • 1-qabul uchun hujjat topshirish muhlati har yili 15-aprelgacha;
  • 2-qabul uchun hujjat topshirish muhlati har yili 15-oktyabrgacha.

Hozirda 2022-yil 15-aprelgacha boʻlgan qabul uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Qabul qilinganlar 2022-yilning 1-oktabri va 2023-yilning 31-marti oraligʻida 2 oydan 6 oygacha amaliyot oʻtashi mumkin boʻladi.

Hujjatlar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirish uchun dastlab hisob (account) ochilishi kerak. Ochilgan hisobning foydalanuvchi nomi (username) va parolini eslab qoling (tayinli joyga yozib qoʻying).

Dasturga onlayn arizani topshirishda quyidagi hujjatlar kerak boʻladi;

  • CV. CVʼni aynan qandaydir formatda topshirish kerak degan talab mavjud emas, biroq OIST tomonidan tavsiya etilgan formatdagi CV namunasidan foydalanishingiz mumkin.
  • Maqsad bayoni (Statement of purpose). Bu hujjat 400 soʻzdan (2500 belgidan) oshmasligi va quyidagi jihatlarni ochib berishi kerak
    – How does OIST and your desired research unit(s) fit with your current expertise and skill set? If you are interested in multiple research units, please explain your interest and fit for each briefly within one single statement.
    – What do you hope to accomplish at OIST?
    – How does a research internship at OIST fit into your overall career plans/aspirations?
  • Hozirgi oʻqiyotgan bosqichda oʻtilgan fanlardan olingan baholar va avval bitirigan bosqichdagi (bakalavr, magistratura va hk) baholar (agar bitirgan boʻlsa). Baholar ingliz tilida boʻlmasa, ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga taqdim etilishi kerak.
  • Tavsiyanoma. Bitta nomzod kamida 1 ta va koʻpi bilan 3 ta tavsiyanoma topshirishi lozim. Tavsiyanoma(lar) nomzodning oʻqishidan yaxshi xabardor boʻlgan ilmiy xodim (oʻqituvchi, professor va hk) tomonidan berilishi kerak. Nomzodlar tavsiya beruvchi(lar)ning elektron pochta manzilini onlayn ariza tizimiga kiritadi. Shundan soʻng tavsiya beruvchiga xabar boradi va u tavsiyanomani yuborishi mumkin boʻladi. OIST tomonidan tavsiyanoma qabul qilib olinganda nomzod xabardor qilinadi.
  • Nomzodning fotosurati. Fotosurat yaqinda olingan va unda nomzodning yuzi aniq koʻringan boʻlishi lozim (pasportga tushiriladigan suratga oʻxshash holatda boʻlishi kerak).

Yuqoridagi hujjatlarni tayyorlab olgach, hujjat topshirishga kirishishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi eʼlon va koʻp beriladigan savollar bilan tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan shu yerdagi maxsus shakl orqali dastur tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

FavoriteLoadingSaqlanganlarga qo'shish

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!