The Thomson Reuters Journalism Fellowship amaliyot dasturi har yili Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida 3 oydan 6 oygacha jurnalistlarning tajriba almashishi, turli tadqiqot dasturlarida ishtirok etishlari uchun tashkil etilgan. Ayni vaqtda 2020-yilgi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur davomida nomzodlar Oksford universitetida yashaydilar va tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashadilar, ishlaydilar.
Dastur davomida nomzodlar quyidagi faoliyat bilan band boʻladi:
- Yuqorida doiradagi spikerlarning seminarlarida qatnashadilar va zamonaviy tendensiyalar boʻyicha oʻz fikrlarini bildiradilar.
- Tadqiqot ishini tayyorlash va taqdim etish davomida tajribali rahbar bilan ishlaydilar.
- Thomson Reuters, The Financial Times, The BBC, The Economist and The Guardian kabi nufuzli xalqaro yangiliklar tashkilotlariga boradilar.
- Buyuk Britaniyaning Oxfam, the House of Commons, Stratford-upon-Avon, Shekspirning uy-muzeyi kabi diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladilar.
- Boshqa jurnalistlar bilan fikr va tajriba almashadilar.
- Oksfordning axborot-resurlari, shuningdek, kutubxonasi bilan tanishadilar.
- Green Templeton Colledgening taklif etilgan olimi statusini qoʻlga kiritadilar.
Grant kimlar uchun?
Jurnalistlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Ishtirokchilar amaliyot dasturi muddati tugagunga qadar har oyda 2 000 funt-sterling stipendiya oladilar.
- Dastur tomonidan 3-6 oy davomida barcha xarajatlar qoplanadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari bu dasturga ariza bera oladi.
- Nomzod jurnalistika sohasida 5 yillik tajribaga ega boʻlishi kerak. Ayrim hollarda kamroq ishlagan talabgorlar ham qabul qilinishi mumkin.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Jurnalistikaning aynan aniq bir yoʻnalishini tadqiq qiluvchi talabgorga koʻproq imkoniyat beriladi.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2020-yil 3-fevralga qadar qabul qilinadi. Hujjatlar onlayn tarzda toʻldirilgan ariza bilan birga joʻnatiladi.
Kerakli hujjatlar:
- Onlayn-ariza blanki. Blank: shu yerda.
- CV/resume.
- Nomzodning ishi, faoliyat sohasi hamda amaliyot dasturiga qanday hissa qoʻsha olishi haqida izoh (500 ta soʻzgacha).
- Tadqiqot ishi haqida maʼlumot (1000 ta soʻzgacha).
- Ish beruvchi tomonidan tavsiyanoma.
- Avval ishlagan joyidan tavsiyanoma.
- Ishlaridan namunalar. Bosma nashrlar bilan ishlaydigan jurnalistlar oxirgi chop etgan ishlarida 3tasini topshiradi. Video nashrlar bilan ishlaydigan nomzodlar esa, YouTube yoki Vimeoga joylashtirilgan videoga havola (URL/link) beradilar. Video 10 daqiqagacha boʻlishi kerak. Har bir maqolaga inliz tilida 500 ta soʻzgacha izoh yoki annotatsiya beriladi.
- Ingliz tili sertifikati.
Hamma taqdim etiladigan hujjatlar ingliz tilida beriladi. Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi. Hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda.
Nomzodlar ish tajribasi, kasbiy kompetentligi, yangiliklarga qiziqishi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Maʼlumot uchun: reuters.institute@politics.ox.ac.uk manziliga murojaat qiling.