×

Oksford Universiteti: magistratura talabalari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

07.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3068 marta

Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida joylashgan University of Oxford`ning kollejidan biri bo’lgan St Cross College o’zining magistratura bosqichiga qabul qilingan/qilinadigan talabalariga The Robin & Nadine Wells Scholarship grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi 2019-2020-o’quv yilida boshlanadigan, bir yillik magistratura kurslarining barcha yo’nalishlari bo’yicha oliygohga qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyatlari ceklangan talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga 10 000 funt sterling (taxminan 12 912 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan harajatlar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod St Cross College`ning 2019-2020-o’quv yilida boshlanadigan, bir yillik magistratura kurslaridan biri bo’yicha oliygohga qabul qilinishi hamda joriy yilning oktabr oyigacha o’qishini boshlashi kerak.
  3. Nomod St Cross College`ni o’zining birinchi tanlovi sifatida belgilagan bo’lishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod moliyaviy ko’makka muhtoj bo’lishi kerak.
  6. Nomzod grant ajratilgan taqdirda universitet xarajatlarining qolgan qismini o’zi/boshqa manbaa hisobidan qoplay olishini grant hay’atiga ko’rsatib berishi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  8. Grantlar Oksford Universitetining boshqa kollejlariga o’qishga qabul qilingan talabalar uchun berilmaydi.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

2019-yilning okatbrida boshlanadigan kurslar uchun mo’ljallangan grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod oliygoh Qabul Komissiyasi va O’quv ishlari bo’yicha yordamchiga (Admissions and Academic Assistant) shu dasturda qatnashish istagidaligi haqidagi xatni CV bilan birga admissions-academic@stx.ox.ac.uk manziliga email orqali yuborishi zarur. Xatda nomzod grant aijratilgan taqdirda universitet xarajatlarining qolgan qismini o’zi/boshqa manbaa hisobidan qoplay olishini ham bayon etishi lozim.

Hujjatlar 2019-yil 7-iyungacha qabul qilinadi. Dasturda qatnashish uchun alohida ariza shaklini to’ldirish talab etilmaydi.

Universitetga hujjat topshirish jarayoni:

  1. St Cross College`ga hujjat topshirish uchun avvalo o’zingizni qiziqtirgan yo’nalish talablari va ularga hujjat topshirish muddatlari bilan tanishib chiqing. Oliygohning magistratura kurslari ro’yxati va ularga hujjat topshirish muhlatlari haqidagi ma’lumot bu yerda.
  2. Universitetga kirish uchun talab etiladigan til sertifikatlari haqida ma’lumot oling. Batafsil
  3. Oliygohda tahsil olish va yashash uchun sarflanadigan xarajatlar bilan tanishing.

Universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza (ariza shakli tanlangan yo’nalishga qarab turlicha bo’lishi mumkin).
  2. Bakalavr diplomi nusxasi
  3. Baholar (baholar o’rtacha 60 – 65%dan past bo’lmasligi kerak)
  4. Til sertifikati. IELTS 7.0 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.5ball (ba’zi yo’nalishlarda bundan balandroq ball talab qilinishi mumkin).
  5. CV/rezyume.
  6. Bayonot.
  7. Tadqiqot rejasi (tahminan 1 000-1 500 so’zdan iborat).
  8. 3 ta tavsiyanoma (ulardan kamida bittasi akademik tavsiyanoma bo’lishi zarur).
  9. Portfolio (faqat ba’zi yo’nalishlar uchun).
  10. GRE testi natijalari (faqat ba’zi yo’nalishlar uchun).

Hujjatlar PDF, JPG yoki PNG formatlarida bo’lishi va 4MB hajmdan oshlasligi kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +44 (0)1865 270059

Email: admissions-academic@stx.ox.ac.uk yoki graduate.admissions@admin.ox.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!