×

Oksford universiteti: magistratura uchun 13 ming AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

5859 marta

Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida joylashgan University of Oxford oliygohi Humanities, Mathematical, Physical & Life Sciences, Medical Sciences, and Social Sciences yo’nalishlari (divisions) bo’yicha bir yillik magistratura kurslariga (MSc/MSt) qabul qilingan/qilinadigan talabalarga St Cross Divisional Scholarships grant dasturini taklif qilmoda. Grantlar 2020-o’quv yilida boshlanadigan, yuqoridagi 4 yo’nalishning har biri uchun bittadan – jami 4 nafar talabaga beriladi. Grant dasturidan maqsad iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyatlari ceklangan talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalarning har biriga 10 000 funt sterling (taxminan 12 912 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi. Shuningdek, g’olibga talabalar turar joyidan xona tanlashda ustunlik beriladi (standart ijara asosida).

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan harajatlar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo’lishi mumkin.
  2. Nomzod University of Oxford`ning Humanities, Mathematical, Physical & Life Sciences, Medical Sciences, and Social Sciences yo’nalishlari (divisions) bo’yicha bir yillik magistratura kurslariga (MSc/MSt) qabul qilinishi hamda 2020-yilning oktabr oyigacha o’qishini boshlashi kerak.
  3. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  4. Nomzod moliyaviy ko’makka muhtoj bo’lishi kerak.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. Hujjatlarini ariza topshirish muddati tugaguniga qadar (bu tanlangan yo’nalishga qarab har yili 11-yanvar/1-martda bo’ladi) universitetga topshirgan barcha ariza beruvchilar grant uchun nomzod deb hisoblanadilar.

Universitetga hujjat topshirish jarayoni:

  1. St Cross College`ga hujjat topshirish uchun avvalo o’zingizni qiziqtirgan yo’nalish talablari va ularga hujjat topshirish muddatlari bilan tanishib chiqing. Oliygohning magistratura kurslari ro’yxati va ularga hujjat topshirish muhlatlari haqidagi ma’lumot bu yerda.
  2. Universitetga kirish uchun talab etiladigan til sertifikatlari haqida ma’lumot oling. Batafsil
  3. Oliygohda tahsil olish va yashash uchun sarflanadigan xarajatlar bilan tanishing.

Universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Onlayn ariza (ariza shakli tanlangan yo’nalishga qarab turlicha bo’lishi mumkin).
  2. Bakalavr diplomi nusxasi.
  3. Baholar.
  4. Til sertifikati. IELTS 7.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 7.0 ball (ba’zi yo’nalishlarda bundan pastroq ball so’ralishi ham mumkin).
  5. CV/rezyume.
  6. Bayonot.
  7. Tadqiqot rejasi (tahminan 1 000-1 500 so’zdan iborat).
  8. 3 ta tavsiyanoma (ulardan kamida bittasi akademik tavsiyanoma bo’lishi zarur).
  9. Portfolio (faqat ba’zi yo’nalishlar uchun).
  10. GRE testi natijalari (faqat ba’zi yo’nalishlar uchun).

Hujjatlar PDF, JPG yoki PNG formatlarida bo’lishi va 4MB hajmdan oshlasligi kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +44 (0)1865 270059

Email: graduate.admissions@admin.ox.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!