×

Oksford universiteti: Magistratura uchun to’liq grant; joy – 5tagacha!


Grant

MUHLAT

11.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

6873 marta

Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti Business yo’nalishiga ixtisoslashgan maktabi Said Business School’ning magistratura kurslari uchun ajratilgan grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Skoll International Scholarship grantlari shu maktabning Business Administration yo’nalishi bo’yicha magistratura (MBA) kurslari talabalariga beriladi. Dasturdan maqsad biznes bilan shug’ullanishni boshlagan, yaxshi yutuqlarga erishgan va endilikda o’z bilim va faoliyatini yanada kengaytirmoqchi bo’lgan talabalarni rag’batlantirish. Ushbu MBA kursi haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dastur uchun ajratilgan grantlar soni – 5 tagacha.

Grant kimlar uchun?

MBA kursida o’qishni xolovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talaba kontrakt to’lovi va boshqa o’qish xarajatlaridan ozod qilinadi. Oksford Universitetida o’qish kontrakti va boshqa o’quv xarajatlari 2018-2019-yil uchun 57 ming 200 funt sterlingni tashkil etadi.  Undan tashqari, talaba yillik 14 ming 777 funt sterling stipendiya bilan ta’minlanadi. Vaziyat taqazo etsa talabaga yana qo’shimcha moddiy mablag’ berilishi ham mumkin, lekin buning ehtimoli kam.

Kurs davomida talabalar dunyoning yetakchi tadbirkorlari, investorlari va mutafakkirlari bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar.

Talablar:

Grant quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod shaxsiy biznes yuritish yoki biznes sohasida faol ishtirok etishi zarur. Ya’ni, nomzod o’z biznesini ochgan va uni yuritayotgan bo’lishi, yoki biror g’oyani amaliyotga tadbiq qilgan bo’lishi, biror biznesni kengaytirib, muvaffaqqiyatga olib chiqqan bo’lishi va imkoniyatlaridan to’liq foydalanib, ijtimoiy jihatdan faol va foydali faoliyat olib borgan bo’lishi kerak. U biror tashkilot ichida qandaydir yangilik yaratgan bo’lishi yoki hozirda biror ijtimoiy muammoning yechimi ustida ishlayotgan bo’lishi ham mumkin. Boshqa so’z bilan aytganda, nomzod biznes sohasida muvaffaqqiyat va tajribaga ega bo’lishi zarur.
  2. Nomzod o’z biznesining ijobiy o’zgarishlarga sababchi bo’lishini ko’rsata olishi kerak. Nomzod ko’zlagan o’zgarishlar adolatsizlik mavjud tizimlarga ijobiy ta’sir qilishi nazarda tutilishi zarur (yoki shunday bo’lgan bo’lishi kerak).
  3. Nomzod ijobiy o’zgarishlarga da’vat qila oladigan qat’iyatli, ochiq fikrli va muvaffaqqiyatsizliklarga qaramasdan harakatda davom eta oladigan shaxs bo’lishi zarur.
  4. Nomzodning harakatlari jamiyatda mavjud biror muammoning yechimiga yo’nalgan bo’lishi, nomzodning o’zi esa shu muammoga shaxsan to’qnash kelgan bo’lishi, u haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi kerak.
  5. Nomzod o’z atrofiga yakdil fikrli insonlarni to’play olishi va turli xil risklarga chidamli bo’lishi kerak.
  6. Nomzod atrofni kuzata oladigan, mavjud imkoniyatlarni ko’ra oladigan va ulardan foydalanishni biladigan shaxs bo’lishi zarur.
  7. Nomzod nega biznes yo’nalishidagi bilimlar muhim ekanini his qilishi kerak.
  8. Nomzod chindan grantga muhtoj bo’lishi zarur. Grant yuqoridagi talablarga javob bersa-da, moddiy yordamsiz kontrakt to’lovini to’lash va o’qishni boshlash imkoniyati yo’q talabalar uchun mo’ljallangan. Nomzod nega grantga muhtoj ekanini ko’rsatib berishi lozim.
  9. Eslatma: MBA kursining o’ziga o’qishga kirish grantga ariza berishdan oldin bajariladi, kursga qabul qilinish uchun esa GMAT/GRE imtihonlarini topshirish kerak. MBA kursining talablarini kurs haqida batafsil ma’lumot berilgan sahifadan topishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Skoll Scholarship dasturi bo’yicha grantga ariza topshirish uchun oldin Said Business School’ning MBA kursiga o’qishga qabul qilinish kerak. Kursga hujjat topshirishning oxirgi muhlati 2018- yil 11-yanvar. Grantga ariza berishni rejalashtirgan nomzodlar Said Business School MBA kursiga qabul uchun ariza to’ldirayotganda arizaning “Skoll Scholarship” deb yozilgan bandiga P (ptichla/ tick) belgisini qo’yishlari zarur. O’qishga qabul qilingach nomzodga grant uchun ariza topshirish linki beriladi. Hujjat topshirish jarayoni va bosqichlari bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

MBA kursida o’qish 2019-yil sentabrda boshlanadi. Grant haqida berilgan savollar va ularga berilgan javoblar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!