×

Buyuk Britaniya: Doktorantura uchun to’liq grantlar va 15000 funt sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

11.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2585 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Oksford Universitetida o’qitiladigan Kompyuter Fanlari PhD kurslari uchun ajratilgan moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu moddiy ta’minot dasturiga ariza bergan talabalarga moddiy ko’mak sifatida Oxford-Google DeepMind Graduate Scholarship, EPRSC Scholarships, Clarendon scholarships, fakultet grantlari va universitetlar bilan hamkorlikda ta’sis etilgan boshqa grantlar berilishi mumkin. Ushbu moddiy ta’minot dasturi Oksford Universiteti PhD kurslari hisoblangan DPhil kurslariga o’qishga kirgan yangi talabalarga beriladi.

Oksford Universiteti Kompyuter Fanlari fakultetidagi PhD kurslarida turli mavzular bilan tadqiqot qilish mumkin, lekin nomzodlar taklif qilayotgan mavzular fakultetning quyidagi asosiy yo’nalishlariga aloqador bo’lishi kerak:

  • Algorithms & Complexity Theory
  • Artificial Intelligence and Machine Learning
  • Automated Verification
  • Computational Biology and Health Informatics
  • Cyber Physical Systems
  • Foundations
  • Structures and Quantum
  • Information Systems
  • Human Centred Computing
  • Programming Languages and Security.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy ta’minot dasturi tarkibidagi grantlardan birini yutib olgan talabaga uch yil davomida kontrakt to’lovi qoplab beriladi va kamida 14777 funt sterling yillik stipendiya beriladi.

Talablar:

Oksford Universiteti Kompyuter fanlari bo’yicha doktorantura kursiga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod bakalavr va magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning baholari a’lo bo’lishi kerak.
  3. Nomzod tanlagan tadqiqot mavzusi Oksford Unviersiteti DPhil in Computer Science doktorantura kursidagi kadrlar tomonidan nazorat qilinishi mumkin bo’lishi kerak. Ya’ni, nomzod shu fakultet tadqiqot qilishi mumkin bo’lgan tadqiqot mavzusi bilan hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  4. Nomzodning kurs davomida va keyinchalik muvaffaqqiyatga erishishga yuqori potensiali bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. U IELTS’dan kamida 7.0 yoki TOEFL’dan kamida 100 ball olgan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitet DPhil kurslariga qabul qilingan talabalar uchun beriladi. Oksford Universiteti Kompyuter Fanlari fakultetidagi doktorantura kursi DPhil in Computer Science deb ataladi va unga hujjat topshirish uchun onlayn ariza berish kerak. Hujjat topshirishda quyidagi hujjatlarni taqdim qilish kerak:

  1. Nomzod hujjat topshirayotganda magistratura va/yoki bakalavriat bosqichida olgan baholarini taqdim etishi zarur.
  2. CV yoki Tarjimai hol. Bunda nomzod o’zi haqidagi ma’lumotlar, akademik kelib chiqishi va yutuqlarni ko’rsatishi talab qiladi.
  3. Tadqiqot taklifi. Bu hujjatning hajmi taxminan 2 bet bo’lishi va nomzod bu hujjatda o’zi olib bormoqchi tadqiqot haqida qisqacha ma’lumot berishi kerak.
  4. Uchta tavsiyanoma. Bu tavsiyanomalardan ikkitasi nomzodning akademik imkoniyatlarini yaxshi biladigan shaxslar (o’qituvchilar, ilmiy rahbarlar va hkz.) tomonidan berilishi shart, bittasi esa o’qituvchi yoki nomzodni yaxshi biladigan lekin uning akademik hayotiga aralashmagan boshqa shaxs tomonidan berilishi mumkin. Hujjat topshirish yo’riqnomasi

Ma’lumot uchun julie.sheppard@cs.ox.ac.uk elektron manziliga murojaat yoki +44 (0) 1865 273817 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!