×

Xitoy: olimpiada timsolini chizing va 14000 AQSh dollari yutib oling!


Grant

MUHLAT

31.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

4479 marta

Bugungi kunga kelib olimpiada timsoli Olimpiya o’yinlarining ajralmas qismiga aylanib qolgan. Qishki olimpiadalarning ilk timsoli 1976 yilda Insbrukda namoyish etilgan. O’shandan beri har Olimpiya o’yinlarida albatta rasmiy timsol tanlanadi va u marosimga o’zgacha shukuh bag’ishlaydi. Olimpiada timsoli har doim olimpiya o’yinlari o’tkazilayotgan davlat va millatga uzviy bog’liq bo’lib, ayniqsa shu yerning madaniyatini o’zida aks ettiradi. 2022-yilgi Olimpiya o’yinlari Xitoyning Beijing shahrida o’tkaziladi, va tabiiyki, bu o’yinlarda ham olimpiada timsoli bo’lishi kerak. Olimpiya va Paralimpiya o’yinlari timsollari o’zida milliy, global, ijodiy va innovatsion elementlarni jam etishi va o’yinlar maqsadini o’zida aks ettirishi juda muhim, bunda esa fikrlar qanchalik ko’p bo’lsa – shunchalik yaxshi.  Shu sababdan Beijing Olimpiadasi uchun rasmiy timsollarni yaratishda ko’ngillilar uchun tanlov e’lon qilindi. Tanlovda qatnashchilar Olimpiya va Paralimpiya o’yinlari timsollari dizaynlari bilan qatnashishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Olimpiada o’yinlari timsoli dizayni tanlovida g’olib va finalistlar quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. Saralash jarayonida finalgacha yetib kelgan 10 nafar qatnashchining har biri 10000 RMB pul mukofoti (1454AQSh dollari) bilan taqdirlanadi.
  2. Eng yaxshi deb topilgan 3 ta dizayn egalarining har biri 30000 RMB pul mukofoti (4383 AQSh dollari) bilan taqdirlanadi.
  3. Eng asosiy 1 nafar sovrindor esa Beijing 2022 Olimpiadasi timsoli uchun 100000 RMB, Beijing 2022 Paralimpiadasi timsoli uchun 100000R MB pul mukofoti (14549 AQSh dollari) bilan taqdirlanadi.

Yuqorida ko’rsatilgan mukofotlari g’olib uchun qo’shilmaydi. Ya’ni, agar g’olib asosiy sovrindorga aylansa, unga finalga chiqqanlar uchun beriladigan 10000 RMB va kuchli uchtalikka kirganlar uchun beriladigan 30000 RMB berilmaydi va faqat 100000 RMB mukofot taqdim etiladi. Ushbu pul mukofotlariga soliq solinishi mumkin.

Talablar:

Tanlov barcha uchun ochiq. Unga qatnashish uchun hech qanday cheklov yo’q. Yuridik va jismoniy shaxslar va tashkilotlar birdek ishtirok etishlari mumkin. Kelishilgan holda jamoa sifatida dizaynlar taqdim etilsa ham bo’ladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov yaqinda rasman e’lon qilingan bo’lsa-da, hali dizaynlarni qabul qilish jarayoni boshlangani yo’q. Qabul jarayoni 2018-yil 20-oktabrda boshlanib, 2018-yil 31-oktabrda yopiladi. Qabul jarayoni boshlangunicha dizaynlarni yaxshilab o’ylab, tayyorlab turish maqsadga muvofiq bo’ladi. Qabul boshlanganda dizaynlar pochta orqali quyidagi manzilga yuborilishi, yoki shaxsan olib borib berilishi kerak:

Manzil: No. 68, Shijingshan Road., Shijingshan District, Beijing, PRC

Qabul qiluvchi: Mascots Design Request Office, Beijing 2022

Dizaynlarni qabul qilish mavsumi ochilishidan biroz vaqt oldin Beijing 2022’ning rasmiy saytida qo’shimcha ma’lumotlar e’lon qilinadi. Tanlovda qatnashmoqchi bo’lsangiz, vaqti-vaqti bilan shu saytdagi ma’lumotlarni tekshirib turishingiz kerak. Qabul yopilgach, ishlarni saralash jarayoni 2018-yil 1-noyabrdan boshlanadi. Saralash jarayoni uch bosqichdan iborat bo’lib, ilk saralashdan 100 nafar qatnashchi saralab olinadi. Ikkinchi bosqichda 10 kishi, keyingi bosqichda esa 3 kishi saralanadi. Ular ichidan asosiy sovrindor aniqlanadi.

Tanlovda qatnashish niyatidagi yurtdoshlarimizga omad tilaymiz! Olimpiada timsolini chizishda o’tgan Olimpiada o’yinlari timsollarini yaxshilab o’rganib chiqishingiz, Olimpiada timsoli, hamda Beijing 2022 Olimpiadasi haqida ma’lumot to’plab, izlanishingizni tavsiya qilamiz.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!