×

Olympus Image of the Year Award 2020 fotosuratlar tanlovi: ishtirok eting va mikroskop yutib oling!


Grant

MUHLAT

10.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

921 marta

Olympus Image of the Year Award 2020 tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu tanlovda yorug’lik mikroskopi (light microscope) yordamida tushirilgan fotosuratlar bilan ishtirok etish mumkin. Tanlovda tirik organizmlar haqida fanlar bo’yicha tushirilgan eng yaxshi fotosuratlar taqdirlanadi.

Tanlovga kelib tushgan fotosuratlar taniqli mutaxassislar tomonidan baholanadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning butun dunyo bo’yicha asosiy g’olibiga SZX7 mikroskopi DP27 raqamli kamerasi bilan birga taqdim etiladi.

Mintaqaviy (Osiyo-Tinch okeani, Yevropa, Amerika hamda O’rta Sharq va Afrika mintaqalari bo’yicha) g’oliblarning har biriga CX23 Upright mikroskopi sovg’a qilinadi.

Talablar:

  • Tanlovda 18 yoshdan oshgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
  • Tanlovga bitta ishtirokchi 3 tagacha fotosurat taqdim etishi mumkin. Fotosuratlar organizmlarning yorug’lik mikroskopida tushirilgan suratlari bo’lishi zarur. Format: JPEG yoki TIFF. Hajmi: 10MB yoki undan kichik bo’lishi lozim. Barcha qoidalar 

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga 10-yanvargacha ariza berish mumkin. Ariza topshirish uchun bu yerga bosing.  Natijalar mart oyida e’lon qilinadi. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!