×

One Young World Summit 2021: butunjahon yoshlar sammitida bepul ishtirok etish imkoniyati; joy – 50 ta!


Grant

MUHLAT

15.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2444 marta

One Young World (OYW) butunjahon forumi barcha yoshlarni 2021-yil 22-25 iyul kunlari Germaniyaning Myunxen shahrida boʻlib oʻtadigan navbatdagi, One Young World Summit 2021 sammitida qatnashishga taklif etmoqda. OYW va Pfizer hamkorlikda COVID-19 pandemiyasi sharoitida jamiyatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan barcha 18-30 yoshdagi kasb vakillari, jumladan, sogʻliqni saqlash va tibbiyot hodimlari, tadbirkorlar, xayriya tashkilorlari rahbarlari, jamoat faollariga Pfizer – One Young World Scholarship grant dasturini eʼlon qilmoqda. Grantda gʻolib boʻlgan 50 nafar ishtirokchi sammitda onlayn tarzda ishtirok etish imkoniga ega boʻladilar.

Grant kimlar uchun?

Yosh yetakchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant gʻoliblariga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • 22-25 iyul kunlari boʻladigan One Young World Summit 2021`da onlayn qatnashish imkoniyati.
  • One Young World Ambassador Community jamiyati aʼzoligi.
  • Turli yetakchi mutaxasisslar, jumladan, Pfizer rahbarlari bilan uchrashuvlar.

Grantning manfaatli jihatlari haqida batafsil shu yerda bilib oling.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod 18-30 yoshda boʻlishi kerak.
  3. Nomzod oʻz jamiyatining faol aʼzosi boʻlishi kerak.
  4. Grantga COVID-19 pandemiyasi sharoitida jamiyatda muhim ahamiyatga ega boʻlgan kasb vakillari, jumladan, sogʻliqni saqlash va tibbiyot xodimlari, tadbirkorlar, xayriya tashkilorlari rahbarlari, jamoat faollarining ariza berishi maqsadga mufiq.
  5. Nomzod yetakchilik qobiliyatini namoyon eta olishi kerak.
  6. Nomzod jamiyatdagi ijobiy oʻzgarishlarga qoʻshgan hissasini stipendiya hay’atiga koʻrsata olishi zarur.
  7. Nomzod innovatsion gʻoyalar taqdim eta olishi, mahalliy/global muammolarga samarali yechim taklif etishi zarur.

Ishtirokchilarga qoʻyilgan talablar bilan batafsil shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Pfizer – One Young World Scholarship dasturida qatnashish uchun onlayn ariza topshirish yetarli boʻldi. Arizalar 2021-yilning 15-iyulidan kechiktirmasdan topshirilishi zarur. Arizada nomzoddan shaxsiy, akademik maʻlumotlari, turli mavzulardagi fikrlari haqidagi esselar yozishi soʻraladi.

Grant haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni tashkilotchining rasmiy saytidan yoki savol – javoblardan olishingiz va savollar yuzasidan  info@oneyoungworld.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!