×

Onlayn amaliyot dasturida ishtirok eting: stipendiya – 15000 AQSh dollar


Grant

MUHLAT

17.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2403 marta

Turli sohalardagi mutaxassislar uchun tashkil etilgan DIGITAL EARTH FELLOWSHIP 2020 – 2021 virtual amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur doirasida ijodiy izlanishlarida o’ziga xoslik va fidoyilikni namoyon etgan,  o’zgaruvchan kelajak, adolatli jamiyat va xilma-xillik g’oyalarini yaxshi tushunadigan 8 nafar ijodkorlarni saralab olish ko’zda tutilgan. Amaliyotchilar virtual amaliyot dasturi orqali yer sayyorasida virtual olam yaratish mavzusida chuqur izlanish olib borish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Amaliyot dasturining mavzusi va maqsadi haqida batafsil ma’lumot bu yerda berilgan. Amaliyot dasturi onlayn tarzda 2020 yil 1 sentyabrdan 2021 yil 31 maygacha 9 oy davomida bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

5 yil ish tajribasiga ega mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan amaliyotchiga 9 oylik dastur uchun umumiy 13500 yevro stipendiya (taxminan 14977 AQSh dollari) beriladi.

Talablar:

  1. Kamida 5 yillik ish tajribasi.
  2. Ingliz tilini bilish.
  3. 25 yoki undan katta yoshda bo’lish.
  4. Virtual amaliyot uchun 2020 yil 1 sentyabrdan 2021 yil 31 maygacha haftasiga kamida 24 soat ajratish.
  5. Amalda ko’rsatilgan ijodiy faoliyat va favqulodda ijodkorlik.
  6. Demokratik jihatdan sifatli badiiy amaliyot va favqulodda ijodkorlik.
  7. Digital Earth tarmog’ining bir qismi bo’lish uchun intilish.
  8. Amaliyot davomida olib borish rejalashtirilgan tadqiqot rejasining sifati va muhimligi.
  9. Amaliyot mavzusiga moslashuvchanlik.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish uchun ushbu ariza to’ldirib, bu yerda topshiriladi. Arizalar 2020-yil 17-iyulgacha qabul qilinadi. Ariza shakli to’ldirilganda hajmi 10 MBdan oshib ketmasligi zarur.

Arizada quyidagilar so’raladi:

  1. Ijodiy faoliyat haqida qisqacha ma’lumot (200 so’z).
  2. Rassom haqida qisqacha (200 so’z).
  3. Tadqiqot loyihasining tavsifi: asosiy tadqiqot savol(lar)i, geografik ma’lumotlari, tadqiqot yondashuv hamda amaliyot (fellowship) davomida nimalarni o’rganishni xohlashingiz haqida ma’lumot (700 so’z).
  4. Insho: How do you interpret the planetary sensorium and why is it important for you to explore this in your practice now? (200 so’z).
  5. Portfolio (ariza faylida batafsil ko’rsatilgan).
  6. CV ham ariza shakli ichiga joylashtirilgan. Hujjat topshirishda yuqorida sanab o’tilgan ma’lumotlar kiritilgan ariza faylining o’zini taqdim etish yetarli.

Savol va murojaatlar uchun: fellowship@digitalearth.art. Savol bilan murojaat qilishdan avval ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblarni ko’rib chiqish tavsiya etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!