×

Onlayn kurs: Avstraliyaning nufuzli universiteti bilan IELTS imtihoniga bepul tayyorgarlik ko’ring!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

10466 marta

Avstraliyaning Kvinslend universiteti va EdX onlayn kurslar portali hamkorligida tashkil etilgan onlayn IELTS tayyorlov kursiga arizalar qabul qilinmoqda.

Ushbu IELTS kursi sizni IELTS akademik testlarini ishonch bilan topshirishga tayyorlaydi. Siz listening, speaking, reading va writingni o’rganish bo’yicha to’rtta ko’nikmalarni qamrab olgan 80 soatdan ortiq interfaol amaliy materiallarga darhol kirish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Kursda erkin grafik asosida, o’zingizga qulay vaqtda o’qish mumkin.

Ushbu kursning har bir bo’limida test sinovlarini o’tkazish bo’yicha asosiy ko’nikmalar, strategiyalar va texnikalarni o’rgatadigan prezentatsiyalar mavjud. Undan tashqari, IELTS uslubidagi, real test kuni beriladigan savollarga o’xshash mashqlar va interfaol mashg’ulotlar ham bor bo’lib, ular sizga IELTS topshiriqlarini yaxshi bajarish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalar, strategiyalar va texnikalarni ko’rsatib, amaliyotda sinab ko’rish imkoni beradi. Kurs materiallari ingliz tilida bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Academic IELTS imtihoniga tayyorlanayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu kursni tugatgandan so’ng siz quyidagilarga ega bo’lasiz:

  1. IELTS imtihoni jarayoni va formati haqida ma’lumot olasiz.
  2. IELTS akademik imtihonlari uchun foydali test strategiyalari va ko’nikmalarini o’rganasiz.
  3. Reading, listening, speaking va writing’da IELTS uslubidagi test sinovlarini to’ldirib, ko’nikma va strategiyalarni mashq qilasiz va rivojlantirasiz.
  4. Ingliz tilida o’qish, yozish, tinglash va gapirish qobiliyatlarini rivojlantirasiz.
  5. Kurs mutqalo bepul. 99 AQSh dollari to’lov evaziga kursni tugatganlik to’g’risida rasmiy sertifikat olish imkoniyati ham mavjud. Sertifikat Kvinslend universiteti tomonidan tasdiqlangan bo’ladi.

Talablar:

Kursda o’qish uchun nomzodlarga hech qanday talab yoki saralash jarayoni yo’q, ammo kurs ingliz tilida bo’lgani uchun ingliz tilidagi ma’lumotlari tushunish zarur bo’ladi. Bu orqali esa IELTS imihoniga tayyorlanishdan tashqari, umumiy ingliz tilinini ham yaxshilab olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Kursga ro’yxatdan o’tish quyidagicha:

  1. Bu yerda EdX saytida ro’yxatdan o’tib, shaxsiy akkaunt oching.
  2. Bu yerda kursga yoziling.
  3. Kursga ro’yxatdan o’tgach, elektron pochta orqali registratsiyangizni tasdiqlang.
  4. Kurs materiallarini istalgan vaqt ko’rish va testlarni istalgan vaqt topshirish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!