AQShning Toshkentdagi elchixonasi ingliz tili oʻqituvchilari uchun Online Professional English Network (OPEN) dasturining 2025-yil yozgi mavsumiga arizalar qabul qilish boshlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qildi.
Dastur AQSHning yetakchi universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan 8 haftalik professional rivojlanish kurslarini o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilar o‘z sohalari bo‘yicha chuqur bilim olishadi, tajriba almashishadi va yakunda AQSH Davlat Departamenti tomonidan beriladigan rasmiy onlayn sertifikatga ega bo‘lishadi.
Dastur tafsillotlari:
- Kurs davomiyligi: 2025-yil 1-iyul – 25-avgust
- Onlayn oriyentatsiya: 2025-yil 26-may – 20-iyul
- Kurs tili: Ingliz tili
Kurslar: Nomzodlar ro‘yxatdan o‘tishda 3 ta kursni tanlashadi. Odatda ishtirokchilarning 90 foizi birinchi tanloviga joylashtiriladi. Kurs haqida batafsil ma’lumot BU YERDA.
Grant kimlar uchun?
Ingliz tili oʻqituvchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur ishtirokchilari AQSH universitetlari tomonidan onlayn tashkil etiladigan 8 haftalik malaka oshirish kursida bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi mezonlarga mos bo‘lishi kerak:
- Ingliz tilini o‘qitish sohasida (o‘qituvchi, trener yoki administrator) faoliyat yuritayotgan bo‘lishi kerak.
- Hozirda O‘zbekistondagi maktab yoki oliy o‘quv yurtida ishlayotgan hamda kurs davomida O‘zbekistonda doimiy yashayotgan bo‘lishi lozim.
- Ingliz tilini CEFR B2 yoki undan yuqori (kamida iBT 70 ball) darajada bilishi kerak.
- AQSH fuqaroligiga ega bo‘lmasligi yoki AQSH RELO ofisi xizmat ko‘rsatmaydigan davlatlar fuqarosi bo‘lmasligi shart.
- Har hafta 10–12 soat onlayn darslarga qatnashish majburiyatini bajara olishi, yozma topshiriqlarni o‘z vaqtida topshirish va kursni to‘liq tamomlashga tayyor bo’lishi lozim.
- Yuqori tezlikdagi internetga hamda onlayn ta’lim va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarga (login, fayl yuklash, email, PDF/MS Word, Excel bilan ishlash va h.k.) ega bo‘lishi kerak.
Muhim: Oʻquv markazlaridagi xususiy ingliz tili repetitorlari va asosan xorijlik mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan maktablarning o‘qituvchilari ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2025-yil 17-aprel, soat 17:00 gacha BU YERDA onlayn ro‘yxatdan o‘tishi kerak.
MUHIM: Dasturga ariza topshirishdan avval rasmiy saytdagi maʼlumotlar hamda kurslar bilan batafsil tanishib chiqing.
Dasturga oid savollaringiz boʻlsa, TashkentRELO@state.gov email manziliga yuborishingiz mumkin. Email mavzusiga “OPEN Program” deb yozing.