×

OPEN: Toshkentdagi AQSH elchixonasi tomonidan ingliz tili oʻqituvchilari uchun bepul onlayn kurs


Grant

MUHLAT

18.04.2025

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

11189 marta

AQShning Toshkentdagi elchixonasi ingliz tili oʻqituvchilari uchun Online Professional English Network (OPEN) dasturining 2025-yil yozgi mavsumiga arizalar qabul qilish boshlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qildi.

Dastur AQSHning yetakchi universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan 8 haftalik professional rivojlanish kurslarini o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilar o‘z sohalari bo‘yicha chuqur bilim olishadi, tajriba almashishadi va yakunda AQSH Davlat Departamenti tomonidan beriladigan rasmiy onlayn sertifikatga ega bo‘lishadi.

Dastur tafsillotlari:

  • Kurs davomiyligi: 2025-yil 1-iyul – 25-avgust
  • Onlayn oriyentatsiya: 2025-yil 26-may – 20-iyul
  • Kurs tili: Ingliz tili

Kurslar: Nomzodlar ro‘yxatdan o‘tishda 3 ta kursni tanlashadi. Odatda ishtirokchilarning 90 foizi birinchi tanloviga joylashtiriladi. Kurs haqida batafsil ma’lumot BU YERDA.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur ishtirokchilari AQSH universitetlari tomonidan onlayn tashkil etiladigan 8 haftalik malaka oshirish kursida bepul ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi mezonlarga mos bo‘lishi kerak:

  •  Ingliz tilini o‘qitish sohasida (o‘qituvchi, trener yoki administrator) faoliyat yuritayotgan bo‘lishi kerak.
  • Hozirda O‘zbekistondagi maktab yoki oliy o‘quv yurtida ishlayotgan hamda kurs davomida O‘zbekistonda doimiy yashayotgan bo‘lishi lozim.
  • Ingliz tilini CEFR B2 yoki undan yuqori (kamida iBT 70 ball) darajada bilishi kerak.
  • AQSH fuqaroligiga ega bo‘lmasligi yoki AQSH RELO ofisi xizmat ko‘rsatmaydigan davlatlar fuqarosi bo‘lmasligi shart.
  • Har hafta 10–12 soat onlayn darslarga qatnashish majburiyatini bajara olishi, yozma topshiriqlarni o‘z vaqtida topshirish va kursni to‘liq tamomlashga tayyor bo’lishi lozim.
  • Yuqori tezlikdagi internetga hamda onlayn ta’lim va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarga (login, fayl yuklash, email, PDF/MS Word, Excel bilan ishlash va h.k.) ega bo‘lishi kerak.

Muhim: Oʻquv markazlaridagi xususiy ingliz tili repetitorlari va asosan xorijlik mijozlarga xizmat ko‘rsatadigan maktablarning o‘qituvchilari ushbu dasturda ishtirok eta olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2025-yil 17-aprel, soat 17:00 gacha BU YERDA onlayn ro‘yxatdan o‘tishi kerak. 

MUHIM: Dasturga ariza topshirishdan avval rasmiy saytdagi maʼlumotlar hamda kurslar bilan batafsil tanishib chiqing.

Dasturga oid savollaringiz boʻlsa, TashkentRELO@state.gov email manziliga yuborishingiz mumkin. Email mavzusiga “OPEN Program” deb yozing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!