×

Örebro University: Magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman stipendiyalar


Grant

MUHLAT

31.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2127 marta

Shvetsiyaning Erebru shahrida joylashgan Erebru universiteti – Örebro University navbatdagi Örebro University Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi Yevropa Ittifoqi, Yevropa Iqtisodiy Hududi hamda Shveysariyadan boshqa davlatlar vakillari uchun bir-ikki yilga moʻljallangan boʻlib, magistraturada oʻqishni istagan nomzodlarga Shvetsiyada tahsil olish imkonini yaratadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarning oʻqish puli toʻliq yoki qisman qoplanadi. Stipendiya dasturi yashash xarajatlarini qoplashni nazarda tutmaydi.

Örebro University magistratuura kurssining kontrakt toʻlovi bir yil uchun taxminan 22 ming 755-34 ming 754 AQSh dollariga teng.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Yevropa Ittifoqi, YEIH va Shveysariyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavriatda a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  3. Bakalavr darajasiga ega boʻlishi.
  4. Tanlangan dastur boʻyicha tegishli til bilish darajasiga (odatda IELTS 6.5) ega boʻlishi kerak.

Hujjat topshirish jarayoni

Hujjatlar 2019-yil 31-yanvarga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish: SHU YERDA.

Nomzodlar:

  • akademik malakasi;
  • tanlagan mutaxassisligiga loyiqligi;
  • universitetda oʻqish ishtiyoqi (asosiy talab) kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 31-yanvarga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish: SHU YERDA.

Ariza toʻldirish:

  • Shaxsiy maʼlumotlar (Ism-sharif, elektron manzil, fuqarolik);
  • Shvetsiyada ishlash haqida kelgusidagi rejalaringiz;
  • universityadmissions.se saytidan sahifangizni topish;
  • Oʻqish uchun topshirgan arizagiz raqami;
  • Erebru universitetining qaysi dasturiga hujjat topshirganingiz;
  • Ikkita tavsiyanoma (elektron pochta koʻrsatiladi);
  • Motivatsion xat (1 bet);
  • Rezyume (1 bet).

Barcha yuklanadigan hujjatlar PDF formatida va 4 mbgacha hajmda boʻlishi kerak.

Stipensiyani qo’lga kiritganlar 2019-yilning aprel oyi boshlarida elektron pochta orqali ogohlantiriladilar.

Bogʻlanish uchun: scholarship@oru.se

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!