Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablarining fransuz tili oʻqituvchilari uchun tanlov o‘tkazmoqda. Tanlovda fransuz tilidan kamida B1 darajaga ega oʻrta maktab fransuz tili oʻqituvchilar qatnashishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Fransuz tilidan kamida B1 darajaga ega o‘rta maktab fransuz tili o‘qituvchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlovda gʻolib boʻlgan 10 nafar ishtirokchi 2023-yil iyul oyida Fransiyada 2 haftalik malaka oshirish dasturi uchun grantni qoʻlga kiritadi. Bunda ishtirokchilarning Fransiyaga borishi va qaytishi uchun aviachipta xarajatlari ham qoplanadi.
Tanlov fransuz tilida oʻtkaziladi.
Talablar:
Ishtirokchilarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Davlatga qarashli oʻrta maktablarda ishlovchi fransuz tili oʻqituvchilari qatnashishi mumkin.
- Kamida B1 darajadagi DELF/DALF/TCF diplom yoki sertifikatiga ega boʻlish kerak.
- Ilgari Fransiyada malaka oshirish uchun grantlarni qoʻlga kiritgan o‘qituvchilar bu tanlovda qatnasha olmaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda qatnashish uchun 2023-yil 31-martgacha onlayn arizani fransuz tilida toʻldirish va topshirish lozim. Arizani BU YERDA toʻldiring.
Tanlov natijalari 2023-yil aprel oyida eʼlon qilinadi.
MUHIM: Ariza topshirishdan oldin tanlov qoidalari bilan tanishib chiqing.