×

OSCE Academy in Bishkek: Bosh muharrir lavozimi uchun tanlov – onlayn ishlash imkoniyati; oylik 833 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

10.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1218 marta

Qirgʻizistonning poytaxtida joylashgan OSCE Academy in Bishkek (YXHT Akademiyasi) bosh muharrir lavozimiga boʻsh ish oʻrni eʼlon qildi. Nomzodlar toʻliq boʻlmagan bandlik asosidagi (yarim stavka) ish oʻrni uchun tanlov orqali saralab olinadilar. Nomzodlar Bishkek shahrida yashash holda yoki masofadan turib ishlashlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Muharrirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bosh muharrir lavozimi uchun oyiga 833 AQSh dollari haq toʻlanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga barcha millat vakillari hujjat topshirishlari mumkin.
  • Akademik yoki siyosiy sohadagi nashrlar uchun muharrirlik qilishda tajribaga ega boʻlishi kerak.
  • Mutaxassislar, mualliflar, tanqidchilar bilan muloqot qila olishi lozim.
  • Ingliz tili darajasi nativ yoki uni C2 darajasida bilishi zarur.
  • PS (Political Science), IR (International Relations) yoki shunga yaqin sohalar boʻyicha PhD darajasiga ega yoki PhD nomzodi boʻlishi krak.
  • Markaziy Osiyo, sobiq Sovet Ittifoqi yoki YXHT mintaqasi boʻyicha mutaxassislik tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • OSCE Akademiyasining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha kamida bitta tematik yoki dolzarb mavzuda mutaxassisligini koʻrsata olishi krak.
  • Qisqa muddatlarda, operativ ishlay olishi kerak.
  • Masʼuliyatni yuqori darajada his qilishi zarur.

Bosh muharrir OSCE Academy nashrlarini (siyosiy maʼlumot, ilmiy ishlar, maxsus sonlar, maʼruzalar va boshqalar) tahrirlash uchun javob beradi va quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Taqdimotdan oldin va keyin yuborilgan takliflar va hujjatlarni oʻqish va baholash.
  • Tahririyat xizmatlari, asosan, OSCE Academy`ning turli xil ishlarida (maʼlumotnomalar, tadqiqot ishlari, maʼruzalar) kontentni tahrirlash va ularni nashrga tayyorlash.
  • Turli mintaqaviy va xalqaro mualliflar guruhlari bilan aloqada boʻlib, ularga yuqori sifatli nashrlarni tayyorlash uchun oʻz fikr-mulohazalarini etkazish.
  • OSCE Academy Research and Training Unit boʻlimi uchun retsenzentlar topishga yordam berish.
  • Akademiyaning ilmiy ishlari va ularni koʻrib chiqish jarayonlari uchun qoʻllanma va qoidalar toʻplamini tuzish va qayta koʻrib chiqishga koʻmaklashish.
  • OSCE Academy xodimlari bilan yaqin aloqada boʻlish va yozma yoki virtual munozaralar (masofadan ishlovchilar uchun) olib borish.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar haqida batafsil: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 10-iyungacha qabul qilinadi. Barcha hujjatlar yagona PDF faylga jamlanishi, faylga “Chief Research Editor” deb sarlavha qoʻyilishi hamda vacancies@osce-academy.net manziliga e-mail orqali yuborilishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Cover Letter (A4 formatda, 300 soʻzdan koʻp boʻlmagan)
  • CV
  • Nomzodning muharrirlik ishlaridan 2 ta namuna

Maʻlumot uchun:

Tel.: +996 (312) 54-32-00, 54-12-00

Fax: +996 (312) 54-23-13

Email: vacancies@osce-academy.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!