×

OSCE Academy in Bishkek: Magistratura uchun toʻliq grant va oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

10.01.2022

QOLGAN VAQT

85 kun

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1368 marta

Qirg’iziston poytaxti Bishkek joylashgan OSCE (Organization for Security and Cooperation in Europe) akademiyasiMA in Economic Governance and Development” va “MA in Politics and Security” magistratura kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu kurslarga har yili jami 60 nafargacha talaba (barchasi grant asosida) qabul qilinadi.

Ushbu magistrlik kurslarida oʻqish 2022-yil 1-sentabrdan boshlanadi va 2024-yil 29-fevralda yakunlanadi. Dasturga qabul qilinganlar 2022-yil 1-26-avgust kunlari boʻlib oʻtadigan yozgi maktabda ishtirok etishlari kerak. Har ikkala magistrlik kurslarida oʻqish kunduzgi taʼlim shaklida boʻladi. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Magistratura kurslariga qabul qiliinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt pulida toʻliq ozod qilinadi.
  • Oyiga 360 yevro stipendiya beriladi (18 oy davomida).
  • Bishkekka borish va kelish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi (ekonom klass).
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • Oʻzlashtirish darajasi eng yaxshi boʻlgan talabalar Yevropada moliyalashtiriladigan amaliyot imkoniyatlariga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Taklif etilayotgan magistrlik kurslariga aloqador sohada oliy taʼlim darajasiga (bakalavrlik darajasi, magistrlik darajasi yoki mutaxassislik diplomiga) ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afgʻoniston yoki Moʻgʻuliston yoxi OSCE tashkilotiga aʼzo boshqa biror davlat fuqarosi boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistratura kurslariga arizalar 2022-yil 10-yanvar, Oʻzbekiston vaqti bilan soat 22:00 gacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Ariza topshirish uchun quyidagi havolalarga oʻting:

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar test topshirishi va suhbatdan oʻtishi kerak boʻladi. Faqatgina ariza topshirish bosqichidan muvaffaiyatlii oʻtganlarga test va interyu boʻyicha email orqali xabar qilinadi (ariza topshrish bosqichidan oʻta olmaganlarga xabar berilmaydi).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin qabul haqidagi rasmiy eʼlon va magistrlik kurslari mazmuni bilan tanishib chiqing. 

Savollar yuzasidan quyidagi elektron manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!