×

OSCE Akademiyasidan Qirgʻizistonda 4 haftalik yozgi maktab – barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

17.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

6288 marta

Qirg’iziston poytaxti Bishkekda joylashgan OSCE (Organization for Security and Cooperation in Europe) Akademiyasi “MA in Economic Governance and Development” va “MA in Politics and Security” magistratura kurslariga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu kurslarga har yili jami 60 nafargacha talaba (barchasi grant asosida) qabul qilinadi.

OSCE Akademiyasi shu ikkala yoʻnlanishga aloqador sohalarda bakalavrlik darajasiga ega yoki bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan talabalar uchun navbatdagi yozgi maktabni eʼlon qildi.

Bu yozgi maktab 2023-yilning 1-26-avgust kunlari Bishkek va Issiqkoʻlda boʻlib oʻtadi.

Ushbu yozgi maktab aslida yuqorida tilga olingan ikkita magistratura dasturiga tayyorgarlik kursi boʻlsa-da, unda tegishli sohalar boʻyicha bakalavriat taʼlimini olgan/olayotgan barcha qiziquvchi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Yozgi maktab 2 blok doirasida oʻtkaziladi.

1-blok quyidagi ikkita kursni oʻz ichiga oladi:

  • Iqtisodchilar uchun matematika (Mathematics for Economists).
  • Akademik yozish (Academic Writing).

2-blok quyidagi ikkita kursni oʻz ichiga oladi:

  • Ijtimoiy fanlarda tadqiqot metodlari bilan tanishuv (Introduction to Research Methods in Social Sceinces).
  • Akademik yozish (Academic Writing).

Nomzodlar shu bloklardan birini tanlashi mumkin. Bloklardagi kurslarda tegishli soha boʻyicha zaruriy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan mashgʻulotlar olib boriladi. Bu kurslarning tarkibi bilan BU YERDA batafsilroq tanishishingiz mumkin.

Barcha mashgʻulotlar toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Iqtisod, xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda bakalavrlik darajasiga ega yoki bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu yozgi maktabga qabul qilinganlardan munosib ishtirokchilar quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • 450 yevro stipendiya.
  • Markaziy Osiyo ichidadagi istalgan hududdan Bishkekka borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
  • Viza va registratsiya yordami.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Iqtisod, xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar yoki shu sohalarga aloqador yoʻnalishda bakalavrlik darajasiga ega yoki bakalavriatning oxirgi bosqichida oʻqiyotganlar ariza topshirishi mumkin (bakalavriat bosqichi 4 yillik boʻlishi kerak).
  • Ingliz tilini yaxshi bilish lozim.
  • Markaziy Osiyoning kengroq mintaqasiga eʼtibor qaratgan holda, rivojlanish va xalqaro munosabatlar masalalariga qiziqishga ega boʻlish lozim.
  • Nomzodlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston yoki Moʻgʻuliston fuqarosi boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 16-iyun 17:00 gacha qabul qilinadi. Arizani onlayn tarzda BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin (avval akkaunt ochish kerak).

MUHIM: Ariza toʻldirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi elektron manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!