×

Qirgʻiziston: Iqtisod sohasida bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant, oylik stipendiya va boshqa moddiy imtiyozlar!


Grant

MUHLAT

18.04.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

3402 marta

Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida joylashgan OSCE Akademiyasi “Iqtisod” sohasi boʻyicha bakalavriat (BA) dasturini taklif etadi. Ushbu dasturda oʻqish uchun har yili 20-25 nafar eng munosib nomzodlar saralab olinadi.

Bu dastur xalqaro rivojlanish tadqiqotlari, iqtisodiyot va munosib boshqaruv sohalari boʻyicha taʼlim olishni xohlovchi iqtidorli nomzodlar uchun moʻljallangan.

Bu bakalavriat dasturida oʻqish 4 yil davom etadi hamda taʼlim ingliz tilida olib boriladi. Oʻqish 2023-yil 1-sentabrdan boshlanadi va talabalar oʻqish davrida Bishkekda istiqomat qilishlari kerak.

Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda toʻliq grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichini iqtisod sohasida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan barcha talabalar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Kontrakt puli toʻliq qolanadi.
  • 4 yil davomida oyiga 300 yevro stipendiya beriladi.
  • Bishkekka borish va qaytish uchun aviachipta xarajatlari qoplanadi (ekonom-klass).
  • Viza xarajatlari qoplanadi (agar viza olish talab etilsa).
  • Bepul tibbiy sugʻurta taʼminlanadi (Qirgʻiziston fuqarolari bundan mustasno).
  • Eng yaxshi talabalar hamkor tashkilotlarda amaliyot oʻtash imkoniga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mogʻuliston yoki boshqa OSCE ishtirokchisi boʻlgan davlat fuqarosi boʻlish lozim.
  • Oʻrta umumiy taʼlim yoki oʻrta maxsus taʼlimni tamomlagan boʻlish kerak (attestat yoki diplom soʻraladi).
  • Ingliz tilini yuqori darajada bilish lozim.
  • Qirgʻiziston fuqarolari Milliy test sertifikatiga ega boʻlishi hamda sertifikat balli kamida 110 ball, matematikadan balli esa kamida 60 ball boʻlishi kerak. Qirgʻizistondan boshqa davlat fuqarolaridan bunday hujjatni topshirish talab etilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Ariza topshirish.
  2. Matematika va ingliz tilidan onlayn test.

Qirgʻizistondan boshqa davlat fuqarolaridan (jumladan, Oʻzbekiston fuqarolaridan) arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 18-aprelgacha qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirib topshirishingiz mumkin.

Arizada ayrim shaxsiy maʼlumotlarni kiritish va quyidagi hujjatlarni yuklash soʻraladi:

  • oxirgi 6 oy ichida olingan pasport formatidagi rasm
  • pasport, ID karta yoki tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi (faqat bittasining nusxasi)

Faqat ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan bogʻlaniladi va test boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Matematika va ingliz tilidan onlayn testlar quyidagi sana va joylarda oʻtkaziladi:

  • 2023-yil 26-aprelda Toshkentda
  • 2023-yil 27-aprelda Ostonada
  • 2023-yil 27-aprelda Dushanbeda

Qirgʻiziston fuqarolaridan arizalar qabuli tartibi haqida BU YERDA batafsil maʼlumot oling.

Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar talabalikka tavsiya qilinadi. Soʻng bu nomzodlar kerakli hujjatlarni topshirish uchun Qirgʻiziston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligining rasmiy portalida roʻyxatdan oʻtishi lozim (faqat test bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalikka tavsiya qilingandan keyiin).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin: ba-econ@osce-academy.net.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!