×

OSCE school and Model OSCE Conference: Gruziyada barcha xarajatlari qoplanadigan 7 kunlik dastur!


Grant

MUHLAT

28.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gruziya

O'QILGAN

5113 marta

OSCE tashkiloti Gruziyaning poytaxti Tbilisida Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz yoshlari uchun ikkita tadbir uyushtirmoqda:

  • OSCE school: 2024-yil 15-17-iyul kunlari xavfsizlik boʻyicha OSCE akademiyasining yondashuvi bilan tanishish uchun bir qator brifinglar va interfaol seminarlar oʻtkaziladi, shuningdek, amaliyotchilar va OSCE rasmiylari bilan ochiq munozaralarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
  • Model OSCE Conference: 2024-yil 18-21-iyul kunlari boʻlib oʻtadi. Bunda ishtirokchilar OSCE tashkilotining qaror qabul qilish jarayonlaridan birining simulyatsiya mashgʻulotlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu qatnashchilar orqali vositachilik va muzokaralar olib borish koʻnikmalarini rivojlantirishlari mumkin.

Ushbu ikki tadbir orqali mintaqalararo almashinuvni rivojlantirish va yosh avlodning kasbiy mahoratini oshirish maqsad qilingan. Tadbir toʻliq ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

18-29 yoshdagi xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar, huquq, iqtisodiyot, ekologik tadqiqotlar kabi sohalarda oʻqiyotgan hamda faoliyat olib borayotgan yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur bilan bogʻliq barcha xarajatlar, jumladan, Gruziyaga borish va kelish, turar joy va ovqatlanish xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Talablar:

Dasturda qatnashish uchun talablar quyidagicha:

  • Nomzod 18-29 yosh orasida boʻlishi hamda Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston kabi davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Xalqaro munosabatlar, siyosiy fanlar, huquq, iqtisodiyot, ekologik tadqiqotlar kabi sohalarda oʻqiyotgan hamda faoliyat olib borayotgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
  • Ingliz tilini B2 va unga teng darajada bilishi kerak. Sertifikat talab etilmaydi.
  • Dasturda yosh ayol-qizlar ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.
  • Saralashda gender (erkaklar va ayollar soni) muvozanati, madaniy va geografik xilma-xillik, shuningdek, tajribalar xilma-xilligi hisobga olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar 2024-yil 28-martga qadar BU YERDAN roʻyxatdan oʻtishlari hamda berilgan savollarga javob yozib, CV yuklashlari lozim. Ishtirokchilar ariza topshirishda ikkala tadbirdan biriga yoki ikkisiga ham qatnashish imkoniyatini tanlay oladi. Faqatgina 9 nafar ishtirokchi ikkala tadbirga ham qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.

Saralab olingan nomzodlargina 2024-yil 30-aprelga qadar xabardor qilinadi. Ariza topshiruvchilar soni koʻpligi bois qabul qilinmagan nomzodlarga izoh yuborilmaydi.

ESLATMA: ariza topshirishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Ariza topshirishda texnik nosozliklar yuzaga kelsa, youthdialogue@osce.org manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!