×

Osiyo Taraqqiyot Banki: Ekologiya va iqlim oʻzgarishlari boʻyicha 26 haftalik amaliyot dasturi; oylik 2 070 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Filippin

O'QILGAN

1647 marta

Osiyo Taraqqiyot Banki Filippinning Manila shahrida joylashgan shtab-kvartirasi ekologiya, iqlim va barqaror rivojlanish sohalari magistr va doktorantlarini Intern – Climate Change & Disaster Risk Management Division stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzodlar Filippinning Manila shahrida joylashgan shtab-kvartirasidagi Sustainable Development and Climate Change Departmentda amaliyot oʻtaydi. Dastur 2020-yil yanvarda boshlanadi va 26 hafta davom etadi. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi. Nomzod ayni vaqtda a magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Amaliyot mavzusi: “Carbon market, climate change mitigation, Article 6 Support Facility, emission trading, Clean Development Mechanism, Nationally Determined Contributions”.

Grant kimlar uchun?

Ekologiya, iqlimshunoslik, barqaror rivojlanish sohalarida oʻqiyotgan magistr va doktorantlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari uchun kunlik 69 USD(oyiga taxminan 2 070 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod ADB a’zosi boʻlgan istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod ekologiya, iqlimshunoslik, menegment sohalariga mos keladigan turdosh soha boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  3. Nomzod ayni vaqtda global iqlim oʻzgarishi, barqaror rivojlanish, ekologiya va iqlim muvozanatini saqlash boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod soha boʻyicha ish tajribasi hamda notiqlik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  6. Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 15-sentabrgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun avval ADB(ACES) saytidan roʻyxatdan oʻtish kerak.
  4. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, Apply for this Vacancy yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
  5. “Attachments”ga soʻraglan hujjatlarni yuklang.
  6. Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):

  • CV/resume.
  • Ayni vaqtda magistratura/PhD kursida oʻqiyotganlik haqida ma’lumotnoma.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Esse. Har bir savol boʻyicha 1500 tagacha soʻz hajmda esse yozib MS Word yoki PDF formatda tizimga joylaysiz. Esse mavzulari:
  1. Describe one example of your experience that demonstrated your interest in working in ADB.
  2. Highlight your qualifications that will help accomplish this internship assignment (e.g., coursework, research, work experience, etc.).
  • Shaxsiy ma’lumotlar soʻralishi mumkin.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot talab qilinishi mumkin.
  • Ish tajribasi haqida soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun:  shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!