×

Our World is Beautiful: mukofot jamgʻarmasi 250 ming yevrolik fotosuratlar tanlovi!


Grant

MUHLAT

31.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4912 marta

Havaskor va professional suratkashlar uchun The CEWE Photo Award fotosuratlar tanloviga arizalar qabuli boshlandi. Tanlovning bu yilgi mavzusi – “Our World is Beautiful”. Fotosuratlar tanloviga atrofimizdagi olamning go’zalligini aks ettirgan fotosuratlar qabul qilinadi. Ushbu tanlov suratkashlar uchun eng yirik tanlovlardan biri hisoblanadi. Tanlovga quyidagi 10ta kategoriya bo’yicha fotosuratlar taqdim etilishi mumkin:

  1. Architecture and technology
  2. Landscapes
  3. Animals
  4. Nature
  5. Food and Cooking
  6. Travel and Culture
  7. Hobby and Leisure
  8. People
  9. Aerial photos
  10. Sport

Grant kimlar uchun?

18 yoshdan oshgan barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning mukofot byudjeti 250 ming yevrodan ortiq va u 1000 nafar g’olib o’rtasida taqsimlanadi.

1-o’rin: g’olib tanlagan yerga 15000 yevroga teng sayohat. Qiymati 7500 yevroga baholangan fototexnika va CEWE tomonidan qiymati 2500 yevroga teng foto mahsulotlar.

2-chi o’rindan 10-chi o’ringacha: har bir g’olib uchun 2500 yevroga teng CEWE foto mahsulotlari.

11-30-o’rinlar: har bir g’olib uchun 2500 yevro qiymatidagi fototexnika + 1000 yevroga teng CEWE fotosuratlari.

31-1000-chi o’ringa: har bir g’olib uchun 100 yevrodan iborat CEWE fotosuratlari uchun vaucher.

Talablar:

  1. Tanlovda 18 yoshdan oshgan barcha shaxslar ishtirok etishi mumkin.
  2. Tanlovga ko’rsatilgan kategoriyalarga mos istalgan fotosuratlarni taqdim etish mumkin. Smartfonlarda tushirilgan fotosuratlar ham qabul qilinadi.
  3. Suratlarni tizimga yuklashda ularga ingliz tilida qisqacha izoh yozish kerak.
  4. Suratlarni o’zining original hajmida, kichraytirmasdan topshirish zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun fotosuratlarni bu yerda topshirish mumkin. Tanlovga arizalar 2021-yil 31-maygacha davom etadi. Tanlovga ilgari taqdim etilgan fotosuratlar galereyasi bilan bu yerda tanishing. Murojaat uchun bu yerga bosing.

Qo’shimcha ma’lumot uchun tez-tez so’raladigan savollarga javoblar bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!