×

Oxford University: Bakalavriat bosqichi uchun yillik 12 533 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3963 marta

Angliyaning Oxford University 2021-2022-oʻquv yili uchun navbatdagi Palgrave Brown Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2021-yildan boshlab Oksfordda oʻqitiladigan bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Bosniya va Gertsogovina, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, Gruziya, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Makedoniya, Moldova, Montenegro, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekistonlik talabalarga beriladi. Grant uch-toʻrt yilga ajratiladi. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, moliyaviy koʻmakka muhtoj, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Bakalavriat kurslarining o’qish to’lovlari haqida bu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga 3-4 yilgacha har yilga kamida 12 533 funt-sterling stipendiya beriladi. 6 yillik tibbiyot kurslarida oʻqiydigan talabalarga faqat 4 yilgacha grant berilishi mumkin.

Grant talabaning kontrakt pulini qoplamaydi. Stipendiya faqat yashash xarajatlari uchun ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Albaniya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Bosniya va Gertsogovina, Bolgariya, Xorvatiya, Chexiya, Estoniya, Gruziya, Vengriya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Makedoniya, Moldova, Montenegro, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekistonlik fuqarolar ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2021-yildan boshlab Oksfordda oʻqitiladigan bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  4. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  5. Nomzod a’lochi, salohiyatli, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  7. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Baholar a’lo boʻlishi lozim.
  8. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant 2021-,yildan boshlab Oksfordda oʻqitiladigan bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga hujjat topshirish 2020-yil 15-oktyabrgacha, grantga esa 2021-yil 10-fevralgacha. Grantga hujjat topshirish tafsilotlari 2021-yil yanvar oyida rasmiy saytda e’lon qilinadi.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang. Tanlangan kurs sahifasiga kiring. Avvalo Applying sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing. Umumiy kirish talablarini shu yerdan, ingliz tili talablarini esa shu yerdan oʻrganib chiqing. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan. Tanlangan kurs sahifasidagi “Apply” yozuvi orqali ariza topshiring.  Arizagasoʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating. Jarayon yuzasidan savollarga  savol-javoblar sahifasidan oydinlik kiritish mumkin.
  2. Grantga hujjat topshirish. Grantga hujjat qabul qilish hozir yopiq. Ma’lumotlar yanvar oyida shu yerga joylashtiriladi. Eslatma: hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlarini batafsil oʻrganing.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va ilovasi. Baholar iloji boricha a’lo boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,0 ball (har bir boʻlimdan 6,5 ball) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Qoʻshimcha GRE/GMAT sertifikati soʻralishi mumkin.
  • Qoʻshimcha LSAT sertifikati talab qilinishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

eogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!