×

Oxford University: Executive MBA kursi uchun 20 000 funt-sterlinggacha grantlar


Grant

MUHLAT

18.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1692 marta

Angliyaning Oxford University Said Business School 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi Executive MBA Director’s Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar 2020-yil sentabrdan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan Executive MBA kursiga oʻqishga kirgan lider talabalar uchun moʻljallangan. Grant ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Executive MBA bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SBS Executive MBA kursining kontrakt toʻlovi  87 000 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 20 000 funt-sterlinggacha chegirma qilinadi.

Grant kontraktni qisman qoplaydi. Yashash va boshqa xarajatlar hamda kontraktning qolgan qismini talaba toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yildan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan Executive MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  4. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  5. Nomzod rahbarlik koʻnikmalariga ega, a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, lider, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  7. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
  8. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan Executive MBA kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Grantga ehtiyoj shu ariza ichida koʻrsatiladi. Hujjat topshirish 2020-yil 18-maygacha amalga oshiriladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Executive MBA kursi sahifasiga kiring.
  2. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  3. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasida berilgan.
  4. Kurs sahifasidan ariza (Application form)ni topshiring.
  5. Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi.
  6. Ariza topshirish yakunida 150 funt-sterling badal toʻlash kerak. Pul toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  7. Grantga hujjat topshirish. Arizada Executive MBA Director’s Scholarshipsga talabgor ekanligingizni esse orqali bildirish kerak. Buning uchun “How will your background enhance the diversity of the Executive MBA cohort, and how will the programme benefit your sector/region in the long-term?” mavzusida 200-400 tagacha soʻzdan iborat supporting statement yozib bering. Hujjat qabul komissiyasiga ma’qul kelsa, sizni suhbatga chaqirishadi.
  8. Eslatma: grant olish uchun oʻqishga 6-aprelgacha hujjat topshirish shart.
  9. Savollar yuzasidan Jonathan Doverga dover@sbs.ox.ac.uk manzili orqali murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • GRE/GMAT sertifikati.
  • CV/resume. Ishlaganlik haqida ma’lumot (ish tajribasi)ni ham rezumening ichiga yozish kerak.
  • Career plan.
  • Written work/yozma ish: oʻzingiz haqingizda CVga va arizangizga kiritilmagan ma’lumot yozish kerak.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Grant uchun bayonet/statement. “How will your background enhance the diversity of the Executive MBA cohort, and how will the programme benefit your sector/region in the long-term?” mavzusida 200-400 tagacha soʻzdan iborat bayonot yozish kerak.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar may oyi oxirida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: Jonathan Dover jonathan.dover@sbs.ox.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!