Angliyaning Oxford University Said Business School 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi Oxford Saïd Giving Day Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant dasturi 2019-yil 27-iyundagi xayriya tadbiridan yig`ilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi. Grantlar 2020-yil sentabrdan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan ayol jinsiga mansub talabalar uchun moʻljallangan. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, liderlik qobiliyatiga ega, ijtimoiy faol, GRE/GMAT baholari yuqori ayol kishi boʻlishi lozim. Grant ikki yilga beriladi.
Grant kimlar uchun?
MBA bosqichida oʻqishni xohlagan ayollar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
SBS MBA kursining kontrakt toʻlovi 2020-2021-yil uchun 60 000 funt-sterling.
Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 20 000 funt-sterling chegirma qilinadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod 2020-yildan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
- Nomzod ayol kishi boʻlishi lozim.
- Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
- Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
- Nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
- Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitetning Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariz toshirish talab qilinmaydi. Dedlayn: 2019-yil 6-sentabrgacha.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- MBA kursi sahifasiga kiring.
- Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
- Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasida berilgan.
- Kurs sahifasidan ariza (Application form)ni topshiring.
- Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi.
- Ariza topshirish yakunida 150 funt-sterling badal toʻlash kerak. Pul toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
- Savollar tugʻilsa, savol-javoblar sahifasi orqali aniqlik kiriting.
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
- Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
- Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
- GRE/GMAT sertifikati.
- CV/resume. Ishlaganlik haqida ma’lumot (ish tajribasi)ni ham rezumening ichiga yozish kerak.
- Career plan.
- Written work/yozma ish: oʻzingiz haqingizda CVga va arizangizga kiritilmagan ma’lumot yozish kerak.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Pasport nusxasi.
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.
Barcha talablar: shu yerda.
Natijalar shu yilning 18-oktabrda eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: shu yerdagi sahifa soʻngida berilgan shaklini toʻldirib, joʻnating.