×

Oxford University Said Business School: Skoll Scholarship Programme – MBA kursi uchun toʻliq grant va yillik stipendiya


Grant

MUHLAT

05.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

8718 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Oksford universiteti tarkibidagi Said Business School oliygohi MBA magistrlik dasturida uzluksiz taʼlim (full-time) asosida tahsil olishni xohlovchilar uchun har yili Skoll Scholarship dasturini taklif etadi. Grant butun magistrlik dasturi davri (1 yil) uchun taqdim etiladi. Har yili 4 nafargacha talaba ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant kimlar uchun?

Master of Business Administration magistrlik dasturida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Oksford MBA dasturida oʻqish uchun bir yillik kontrakt toʻlovi 2024-2025-oʻquv yili  uchun 78 510 funt-sterlingni tashkil etadi.

Skoll Scholarship grantini qoʻlga kiritgan talabalar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Talaba kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod etiladi.
  • Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.

Talablar:

Ushbu grantni qoʻlga kiritmoqchi boʻlgan nomzodlardan quyidagi sifatlarga ega boʻlish talab etiladi:

  1. Tadbirkorlik harakati / faoliyati.
  2. Tizim oʻzgarishiga urgʻu bergan holda oʻz sohasidagi ijobiy oʻzgarishlarga hissa qoʻsha olish.
  3. Ijtimoiy tadbirkorlarga xos shaxsiy sifatlar.
  4. Oksford MBA dasturi nomzodning karyerasida muhim oʻrin egallashi kerak.
  5. Moliyaviy ehtiyoj. Bunda Oksford MBA dasturining kontrakt summasi nomzod uchun ogʻirlik qilishi hisobga olinadi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan, talablar bilan toʻliq va batafsil tanishish uchun BU YERGA tashrif buyuring.

Shuningdek, nomzod Okford MBA dasturiga qabul talablari uchun ham mos boʻlishi lozim. Oksford MBA dasturiga qabul talablari quyidagicha:

  1. Nomzod biznes boshqaruvi yoki unga aloqador sohada kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlishi lozim. Bu tajribani 1 betlik CVʼda koʻrsatib berish kerak boʻladi. Talab etiladigan CV namunasi BU YERDA.
  2. Nomzod bakalavrlik darajasiga ega boʻlishi lozim.
  3. Nomzod GMAT yoki GRE sertifikatiga ega boʻlishi lozim. GMAT va GRE uchun minimal natija belgilanmagan boʻlsa-da, GMAT 650 yoki undan yuqori natija; GRE 160 (verbal va quantative ballarining har biri) natijasi dastur uchun raqobatbardosh hisoblanadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball) yoki TOEFL kamida 110 ball yoxud shu darajaga teng xalqaro til sertifikatini topshirish talab etiladi. Til talablari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
  5. Shuningdek, nomzoddan 150 funt-sterling ariza topshirish badalini toʻlash talab etiladi.

Oksford MBA dasturga qabul talablari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Taʼkidlash joizki, MBA dasturi va Skoll Scholarship grantiga istalgan davlat fuqarosi ariza topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant arizasi Oksford MBA dasturiga topshiriladigan hujjatlar bilan birga topshiriladi. Hozirda 2024-yil sentyabrda boshlanadigan Oksford MBA dasturiga ariza qabul qilinmoqda va arizalar 3 marta qabul qilinadi. Skoll Scholarship grantiga ariza topshirmoqchi boʻlganlar quyidagi uchta qabuldan birida Oksford MBA dasturiga hujjat topshirish lozim:

  • 1-qabul: 2023-yil 27-sentabrgacha.
  • 2-qabul: 2024-yil 5-yavnargacha.

Oksford MBA dasturiga 3-qabul ham bor (2024-yil 20-martgacha), lekin bu qabulda hujjat topshirganlar Skoll Scholarship grantiga ariza topshira olmaydi.

Grantga ariza yuqoridagi 2 ta qabuldan birida, Oksford MBA dasturi hujjatlari bilan birga topshiriladi. Nomzodlarga imkon qadar ertaroq ariza topshirish tavsiya etiladi.

Skoll Scholarship grantiga ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, nomzod grantga ariza topshirmoqchi ekanini bildirish uchun BU YERDA roʻyxatdan oʻtishi kerak.
  2. Keyin bevosita Oksford MBA dasturiga 2024-2025 oʻquv yili uchun hujjat topshiriladi. Hujjat topshirish yuqoridagi 2 ta qabul muddatlaridan birida topshirilishi lozim. Oksford MBA dasturiga hujjat topshirish jarayoni, kerakli hujjatlar roʻyxati va boshqa qabul maʼlumotlari bilan BU YERDA batafsil tanishing.
  3. MBA dasturiga onlayn ariza topshrishda Skoll Scholarship granti boʻyicha insho savollariga javob yozish kerak va ariza topshrish muhlatigacha MBA arizasi topshirilishi (submit) kerak. Grant boʻyicha insho savollarini MBA ariza shaklining “Funding” boʻlimidan topasiz.
  4. Shundan soʻng MBA qabul komissiyasi arizangizni koʻrib chiqadi va dasturga qabul qilinishi yoki qilinmasligingi yuzasidan qaror chiqaradi.
  5. MBA dasturiga qabul qilinsangiz, arizangiz Skoll Scholarship saralash komissiyasiga yuboriladi.
  6. Grant uchun arizalar koʻrib chiqiladi.
  7. Grant uchun arizangiz qisqa roʻyxatni shakllantirish uchun yuborilgani yoki yoʻqligi haqida xabardor qilinasiz.
  8. Agar arizangiz qisqa roʻyxatni shaklantirish uchun yuborilsa, Skoll markazi sizga email yuboradi. Emailda “Logistics and Reference Form” shakliga havola beriladi va emailda koʻrsatilgan sanagacha bu shaklni toʻldirib, topshirishingiz kerak boʻladi.
  9. “Logistics and Reference Form” shakli toʻldirib topshirasiz.
  10. Yakuniy bosqichda esa muvaffaqiyatli nomzodlar bilan Skoll Scholarship saralash qoʻmitasi 2 ta virtual suhbat oʻtkazadi.

Grantga qabul jarayoni haqidagi toʻliq maʼlumotni BU YERDAN olasiz.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grantning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan skollscholarship@sbs.ox.ac.uk elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!