Angliyaning Oxford University Said Business School 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi Global Leadership Council (GLC) Scholarships for Women dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant dasturi The School’s Global Leadership Council (GLC) maktabi hisobidan moliyalashtiriladi. Grantlar 2020-yil sentabrdan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan ayol jinsiga mansub talabalar uchun moʻljallangan. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, liderlik qobiliyatiga ega, ijtimoiy faol, GRE/GMAT baholari yuqori ayol kishi boʻlishi lozim. Grant ikki yilga beriladi.
Grant kimlar uchun?
MBA bosqichida oʻqishni xohlagan ayollar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
SBS MBA kursining kontrakt toʻlovi 2020-2021-yil uchun 60 000 funt-sterling.
Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 30 000 funt-sterling chegirma qilinadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod 2020-yildan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
- Nomzod ayol kishi boʻlishi lozim.
- Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
- Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
- Nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
- Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitetning Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza toshirish talab qilinmaydi. Hujjat topshirish yilda 4 marta amalga oshiriladi:
- 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr
- 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr
- 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar
- 4-qabul: 2020-yil 3-aprel
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- MBA kursidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishing.
- Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
- Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
- Ariza (Interest form)ni topshiring.
- Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni quyidagi muddatlardan biriga suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi:
- 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr – suhbat: 20-sentabr.
- 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr – suhbat: 15-noyabr.
- 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar – suhbat: 31-yanvar.
- 4-qabul: 2020-yil 3-aprel – suhbat: 24-aprel.
- Ariza topshirish yakunida 150 funt-sterling badal toʻlash kerak. Pul toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
- Jarayon yuzasidan savollarga savol-javoblar sahifasidan oydinlik kiritish mumkin.
- Grantga hujjat topshirish. Ariza toʻldirayotganda grantga talabgor ekanligingizni bildirish kerak.
- Eslatma: grant olish uchun oʻqishga koʻrsatilgan dedlayn muddatlaridan birigacha hujjat topshirish shart.
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
- Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
- Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
- GRE/GMAT sertifikati.
- CV/resume. Ishlaganlik haqida ma’lumot (ish tajribasi)ni ham rezumening ichiga yozish kerak.
- Career plan.
- Written work/yozma ish: oʻzingiz haqingizda CVga va arizangizga kiritilmagan ma’lumot yozish kerak.
- 2 ta tavsiyanoma.
- Pasport nusxasi.
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.
Barcha talablar: shu yerda.
Natijalar qaysi vaqtda hujjat berganingizga qarab eʼlon qilinadi:
- 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr – javob: 18-oktabr.
- 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr – javob: 13-dekabr.
- 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar – javob: 20-mart.
- 4-qabul: 2020-yil 3-aprel – javob: 29-may.
Bogʻlanish uchun: shu yerdagi sahifa soʻngida berilgan shaklini toʻldirib, joʻnating.