×

Oxford University: Xotin-qizlarga MBA kursida tahsil olish uchun 30 000 funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

03.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1674 marta

Angliyaning Oxford University Said Business School 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi Global Leadership Council (GLC) Scholarships for Women dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant dasturi The School’s Global Leadership Council (GLC) maktabi hisobidan moliyalashtiriladi. Grantlar 2020-yil sentabrdan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan ayol jinsiga mansub talabalar uchun moʻljallangan. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, liderlik qobiliyatiga ega, ijtimoiy faol, GRE/GMAT baholari yuqori ayol kishi boʻlishi lozim. Grant ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichida oʻqishni xohlagan ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SBS MBA kursining kontrakt toʻlovi 2020-2021-yil uchun 60 000 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 30 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yildan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod ayol kishi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  5. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  8. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
  9. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza toshirish talab qilinmaydi. Hujjat topshirish yilda 4 marta amalga oshiriladi:

  • 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr
  • 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr
  • 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar
  • 4-qabul: 2020-yil 3-aprel

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. MBA kursidagi barcha ma’lumotlar bilan tanishing.
  3. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  4. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  5. Ariza (Interest form)ni topshiring.
  6. Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni quyidagi muddatlardan biriga suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi:
  • 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr – suhbat: 20-sentabr.
  • 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr – suhbat: 15-noyabr.
  • 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar – suhbat: 31-yanvar.
  • 4-qabul: 2020-yil 3-aprel – suhbat: 24-aprel.
  1. Ariza topshirish yakunida 150 funt-sterling badal toʻlash kerak. Pul toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  2. Jarayon yuzasidan savollarga savol-javoblar sahifasidan oydinlik kiritish mumkin.
  3. Grantga hujjat topshirish. Ariza toʻldirayotganda grantga talabgor ekanligingizni bildirish kerak.
  4. Eslatma: grant olish uchun oʻqishga koʻrsatilgan dedlayn muddatlaridan birigacha hujjat topshirish shart.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • GRE/GMAT sertifikati.
  • CV/resume. Ishlaganlik haqida ma’lumot (ish tajribasi)ni ham rezumening ichiga yozish kerak.
  • Career plan.
  • Written work/yozma ish: oʻzingiz haqingizda CVga va arizangizga kiritilmagan ma’lumot yozish kerak.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Natijalar qaysi vaqtda hujjat berganingizga qarab eʼlon qilinadi:

  • 1-qabul: 2019-yil 6-sentabr – javob: 18-oktabr.
  • 2-qabul: 2019-yil 1-noyabr – javob: 13-dekabr.
  • 3-qabul: 2020-yil 10-yanvar – javob: 20-mart.
  • 4-qabul: 2020-yil 3-aprel – javob: 29-may.

Bogʻlanish uchun: shu yerdagi sahifa soʻngida berilgan shaklini toʻldirib, joʻnating.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!