×

Oxford University: Xotin-qizlarga MBA kursida oʻqish uchun 20 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1579 marta

Angliyaning Oxford University Said Business School 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi Forté’s Fellowship programme dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar 2020-yil sentabrdan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan ayol jinsiga mansub talabalar uchun moʻljallangan. Grant ikki yilga beriladi. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, liderlik qobiliyatiga ega, ijtimoiy faol ayol kishi boʻlishi lozim. Grant 3 nafar nomzodga berilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichida oʻqishni xohlagan ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SBS MBA kursining kontrakt toʻlovi 2020-2021-yil uchun 60 000 funt-sterling.

Grant yutib olgan 3 nafar nomzodga kontraktdan 20 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yildan boshlab Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod ayol kishi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  5. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  8. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
  9. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Said Business School (SBS)da oʻqitiladigan MBA kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariz toshirish talab qilinmaydi. Dedlayn: 2019-yil 1-noyabrgacha.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. MBA kursi sahifasiga kiring.
  2. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  3. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasida berilgan.
  4. Kurs sahifasidan ariza (Application form)ni topshiring.
  5. Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi.
  6. Ariza topshirish yakunida 150 funt-sterling badal toʻlash kerak. Pul toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  7. Savollar tugʻilsa, savol-javoblar sahifasi orqali aniqlik kiriting.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • GRE/GMAT sertifikati.
  • CV/resume. Ishlaganlik haqida ma’lumot (ish tajribasi)ni ham rezumening ichiga yozish kerak.
  • Career plan.
  • Written work/yozma ish: oʻzingiz haqingizda CVga va arizangizga kiritilmagan ma’lumot yozish kerak.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Grant uchun bayonet/statement. 200-400 tagacha soʻzdan iborat bayonot yozish kerak.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Natijalar shu yilning 13-dekabrda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerdagi sahifa soʻngida berilgan shaklini toʻldirib, joʻnating.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!