×

Ozarbayjon: Barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab


Grant

MUHLAT

31.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ozarbayjon

O'QILGAN

5475 marta

Ozarbayjonning Boku Ko’pmillatlilik markazining 2018-yil 22-29-iyul kunlari bo’lib o’tadigan yozgi maktabiga arizalar qabul qilinmoqda. O’zlari ta’lim olayotgan OTMda Ozarbayjon ko’pmillatliligi” (Azerbaijani Multiculturalism) kursini o’tgan hamda Ozarbayjon ko’pmillatligiga qiziquvchi talabalarga mo’ljallangan ushbu yozgi maktab Ozarbayjondagi ko’pmillatlilik bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Yozgi maktab davomida ishtirokchilar turli etnik guruhlarning an’ana va urf-odatlariga shaxsan guvoh bo’lish uchun Ozarbayjonning turli hududlariga sayohat qilishlari mumkin.

Grantga qabul qilinadiganlar soni: 35 nafar.

Grant kimlar uchun?

OTMlarning bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o'qiyotgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Dasturda qatnashish uchun ketadigan barcha xarajatlar (viza va sug’urtadan tashqari) tashkilotchilar tomonidan qoplab beriladi. Qoplanadigan xarajatlar: Bokuga borish va kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari.
  2. Yozgi maktab qatnashchilari Ozarbayjon tarixi, madaniyati va undagi etnik guruhlar haqida amaliy va nazariy bilimlarga ega bo’ladilar. Dastur so’ngida har bir qatnashchiga sertifikatlar taqdim etiladi.

Talablar:

Quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar yozgi maktabga ariza topshirishlari mumkin:

  1. Nomzod 18-35 yosh oralig’idagi talaba bo’lishi kerak (bakalavr bosqichi talabasi, magistrant, doktorant);
  2. Bilim olishga chanqoq bo’lishi zarur va
  3. Ozarbayjon ko’pmillatliligiga qiziqishi va u haqida bilim olishga tayyor bo’lishi kerak.

Ushbu kursga dunyoning istalgan davlati talabalari qatnashishi mumkin. Agar Ozarboyjon ko’pmillatliligi kursini universitetda o’qiganlar topshirsa, ularga tanlanishda ustunlik berilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga ariza topshirish uchun elektron ariza formasini to’ldirib, passport nusxasi bilan birga PDF formatda 2015multiculturalism@gmail.com elektron manziliga 2018-yil 31-maydan kechiktirmay jo’nating. Emailning sarlavhasi SS2018 bo’lishi kerak.

Yozgi maktabga qabul jarayoni

Yozgi maktabga saralash jarayonida asosiy e’tibor quyidagi mavzulardan birida yozilgan, umumiy hajmi 400 so’zdan oshmagan inshoga qaratiladi:

  • Multiculturalism and “Baku Process”
  • Sources of Azerbaijani multiculturalism
  • Azerbaijani model of multiculturalism in comparison with other models in the world
  • Terror versus multiculturalism
  • Ethnic diversity in Azerbaijan
  • How Azerbaijani multiculturalism is viewed from your country
  • Religious diversity in Azerbaijan

Arizalari qabul qilingan nomzodlar Skype orqali suhbatdan o’tishlari kerak bo’ladi.

Eslatmalar

  • Yozgi maktabda barcha ishtirok etishi mumkin, lekin Azerbaijani Multiculturalism kursini o’tgan nomzodlarga saralash jarayonida ustunlik beriladi.
  • Yozgi maktab uchun kelib tushadigan arizalar sonining ko’pligi sababli, qabul jamoasi barcha nomzodlarga natijalarni ma’lum qilib javob yo’llashmaydi. Agar qabul jamoasi sizga 2018-yil 10-iyulgacha bog’lanmasa, bu arizangiz rad etilganini bildiradi.
  • Yozgi maktabning barcha mashg’ulotlari ingliz tilida olib boriladi.
  • Ma’lumot uchun: + 994 12 505 51 0

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!