×

Ozarbayjon hukumati grant dasturi: barcha bosqichlarda o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

30.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ozarbayjon

O'QILGAN

5825 marta

Ozarbayjon hukumati tomonidan taqdim etiladigan Scholarship Programme for Citizens of the Citizens of the OIC And the NAM Member Countries grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur Ozarbayjondagi yetakchi davlat universitetlarida bakalavr, magistratura, doktorantura va umumiytibbiyot/rezidentlik dasturlarida grant asosida oʻqish imkoniyatini beradi. Ushbu grant doirasida qaysi universitetlarda oʻqish mumkinligini BU YERDAN bilib olishingiz mumkin.

Nomzodlar ingliz, ozar yoki rus tilida oʻqishni tanlashi mumkin. Grantni qoʻlga kiritganlar 2022-yilning kuzidan oʻqishni boshlaydi.

Dastur doirasida yiliga 40 nafar nomzod ushbu grant bilan taqdirlanadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura, doktorantura, umumiy tibbiyot/rezidentlik dasturlarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagilar bilan taʼminlanadi:

  • Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi
  • Aviachiptalar olib beriladi
  • O’qish nihoyasiga yetguniga qadar har oy AZN 800 (470 AQSh dollari) stipendiya beriladi.
  • Tibbiy sug’urta qilinadi
  • Viza va ro’yxatdan o’tish xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Bu grantga Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning fuqarolari ariza topshira oladi. Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Afgʻoniston ushbu tashkilotga aʼzo.
  • Nomzod yosh talabiga mos boʻlishi kerak:
    – bakalavriat va umumiy tibbiyot dasturlarida oʻqish uchun 25 yoshdan kichik;
    – magistratura va rezidentlik dasturlarida oʻqish uchun 30 yoshdan kichik;
    – doktorantura bosqichida oʻqish uchun 40 yoshdan kichik boʻlish kerak.
  • Ingliz tilida oʻqimoqchi boʻlganlar til bilish sertifikatini taqdim etishi kerak:
    – bakalavrlik dasturlari uchun IELTS 5.0;
    – boshqa dasturlar uchun IELTS 5.5.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi. Nomzodlar Ozarbayjon universitetlariga alohida ariza topshirishi shart emas. Biroq tegishli universitetlarni oʻrganib, ular orasidan oʻzi oʻqishni xohlaydigan 3 ta universitetni tanlashi va ularni ustuvorlik tartibida grant arizasiga kiritshi kerak.

MUHIM: Bu grantga nomzodlarning oʻzi bevosita ariza topshira olmaydi. Nomzodlar oʻz davlatining tegishli davlat idoralari (vazirliklar, elchixonalar va hk) tomonidan Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi yoki Tashqi ishlar vazirligiga tavsiya qilinishi kerak.

Arizalarni kimga va qayerda topshirish kerakligi haqida batafsil ma’lumotni Ozarbayjonning O’zbekistondagi elchixonasidan olishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  • Toʻldirilgan ariza shakli. Ariza shaklini BU YERDAN topasiz.
  • Oldingi taʼlimdagi (maktabning yuqori sinflari yoki kollej/litsey, universitet) diplomlari va olingan baholar. Bular notarial tasdiqlangan tarjimalari bilan birga topshirilishi kerak. Bu hujjatlar rus tilida boʻlsa, ingliz tiliga tarjima qilinmasdan notarial tasdiqlanishi kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • OITS, gepatitning barcha turlari yoʻqligi koʻrsatilgan, salomatligi yaxshiligi haqidagi tibbiy maʼlumotnoma. Bu maʼlumotnoma istalgan davlat yoki xususiy shifoxonadan olinishi mumkin va ingliz tiliga tarjima qilinishi hamda notarial tasdiqlanishi lozim.
  • CV/Rezyume.
  • Motivatsiya xati.
  • Ingliz tilida oʻqishni xohlovchilar ingliz tili IELTS yoki TOEFL sertifikati (bakalavriat dasturlari uchun kamnida IELTS 5.0; boshqa barcha dasturlar uchun kamida IELTS 5.5).

Hujjat topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar onlayn suhbatga taklif etiladi. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli oʻtganlar grant bilan taqdirlanadi. Gʻoliblar natijalar haqida 2022-yil avgust oyi boshlarigacha xabardor qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan scholars@mfa.gov.az elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!