×

Oʻzbekiston: Biotexnologiya boʻyicha bepul yozgi maktab – turar joy va kunlik xarajatlar qisman qoplanadi!


Grant

MUHLAT

22.07.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

5464 marta

Biotexnologiya bo’yicha intensiv yozgi maktab – bu 3 haftalik tadqiqotga asoslangan va amaliy faoliyat dasturi bo’lib, oqsillarni ekstraksiya qilish, tozalash, DNK va/yoki RNKni ajratish va PCR va RT-PCR, IFA va boshqa usullar va metodikalarni o’z ichiga oladi. Ushbu yozgi maktab Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi: Biologiya va unga aloqador yo‘nalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga, ayniqsa, hududlarda tahsil olayotgan talabalarga klinik va ilmiy laboratoriyalarda qo‘llaniladigan metodikalar yuzasidan chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar berish.

Dasturga jami 15 nafar atrofida talaba qabul qilinadi. Dastur mashgʻulotlari Toshkentdagi Ilgʻor texnologiyalar markazida boʻlib oʻtadi. Dastur avgust oyining boshiga mo’ljallangan bo’lib, asosan oʻzbek tilida olib boriladi. Ingliz va rus tilidagi ma’lumotlardan ham keng foydalaniladi.

Loyihaning dasturi bilan BU YERDA toʻliq tanishib chiqishingiz mumkin.

 

Grant kimlar uchun?

Biologiya, biotexnologiya, farmatsevtika va shu sohalarga aloqador yo'nalishda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Yozgi maktabda bepul ishtirok etadi.
  • Homiylardan yig’ilgan mablag’ asosida talabalarning turar joy va kunlik xarajatalari qisman qoplanishi mumkin (mablagʻ jalb qilish ishlari olib borilmoqda).
  • Seminar va amaliyot darslari gibrid tarzda bo’lib, ishtirokchilar kichik guruhda mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • Dastur davomida “Movie night”, “Bowling day” tashkillashtiriladi.
  • Biotexnologiya sohasida professional aloqa (networking)ni rivojlantirish imkoniyati.
  • Har bir ishtirokchi dastur oxirida sertifikat bilan taqdirlanadi.

Eslatma: Yozgi maktabda ishtirok etish uchun Toshkentga borish va qaytish xarajatlarini ishtirokchilarning oʻzlari (oʻz yonidan) qoplashi kerak.

Talablar:

Ushbu yozgi maktabga biologiya, biotexnologiya, famatsevtika va unga aloqador yoʻnalishlarda tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari qatnashishi mumkin.

2023-yil yozida bakalavriat yoki magistraturani bitirganlar talabalar ham ariza topshirishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2023-yil 21-iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Arizani oʻzbek, rus yoki ingliz tilida topshirish mumkin.

Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

Ariza topshirish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar onlayn suhbatga taklif qilinadi. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli oʻtganlar dasturga qabul qilinadi.

Savollar yuzasidan Telegram orqali Muzaffar Muminovga murojaat qilishingiz mumkin (ismning ustiga bosing).

Homiylar qidirilmoqda

Ilgʻor texnologiyalar markazi yozgi maktabda talabalarning turar joyi va kunlik xarajatlarini qoplash uchun mablagʻ jalb qilish maqsadida homiylar qidirmoqda. Yozgi maktabga xayriya qilmoqchi boʻlganlar Telegram orqali Muzaffar Muminovga murojaat qilishingiz mumkin (ismning ustiga bosing). Har qanday miqdor va shakldagi xayriya qadrlanadi.

Ilg’or texnologiyalar markazi haqida ko’proq ma’lumot  olish uchun markazning rasmiy veb-saytiga tashrif buyuring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!