×

Oʻzbekiston: “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovi


Grant

MUHLAT

18.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

24229 marta

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi hamda Oyina.uz portali “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovini eʼlon qildi.

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Kitob – yuksaklikka eltuvchi nur” shiori ostida oʻtkaziladi.

Tanlovga taqdim etilgan eng sara ijodiy ishlardan yurtimizda kitobxonlikni umummilliy harakatga aylantirish, aholi orasida mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish yoʻlida foydalaniladi. OAV, ijtimoiy tarmoq va tashqi reklama vositalarida namoyish etiladi.

Ishchi guruhga kelib tushgan karikaturalar saralanib, Oyina.uz portalining telegram kanalida eʼlon qilinadi.

Gʻoliblar ikki yoʻnalishda – hakamlar hayʼati eʼtirofi va muxlislar bergan ovozlar soniga koʻra aniqlanadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha Oʻzbekiston fuqarolari va rezidentlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha mukofotlanadi:

  • 1-oʻrin (2 ta) – 3 million soʻm;
  • 2-oʻrin (2 ta) – 2 million soʻm;
  • 3-oʻrin (2 ta) – 1 million soʻm va ragʻbatlantiruvchi mukofotlar.

Talablar:

Ushbu tanlovda barcha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va rezidentlari ishtirok etishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga ijodiy ishlar 2023-yil 18-avgustgacha @oyinauz_bot orqali qabul qilinadi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Mustaqillik bayrami arafasida tantanali ravishda oʻtkaziladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!