×

Oʻzbekiston: IELTS topshirganlar va topshirmoqchi boʻlganlarga taʼlim olish uchun Britaniya Kengashidan 3000 funt-sterling mukofot; joy – 7 ta!


Grant

MUHLAT

30.09.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

11685 marta

Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi (British Council) IELTS imtihonidan kamida 5.5 ball olganlarga bakalavriat yoki aspirantura (magistratura)da oʻqish uchun 3000 funt-sterling qoʻlga kiritish imkoniyatini taklif qilmoqda. Bu uchun nomzodlar British Council orqali IELTS imtihonini topshirishi va qabul jarayonida IELTS talab qiladigan dunyoning istalgan universitetiga bakalavriat yoki aspiraturaga qabul qilinishi kerak.

3000 funt-sterling miqdoridagi mukofot jami 7 nafar oʻzbek talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

IELTS talab etiladigan universitetlarning bakalavriat va undan keyingi bosqichlariga qabul qilinganlar hamda ariza topshiruvchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nomzodlar orasidan eng mos deb topilgan 7 nafar oʻzbek talaba 3000 funt-sterling mukofot bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Ushbu tanlovda tishtirok etish uchun nomzodga quyidagi talablar qoʻyilgan:

  • Nomzod Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
  • Kamida 18 yosh boʻlishi kerak.
  • Eng kechi bilan 2022-yil sentyabrda bakalavriat yoki aspirantura (magistratura)da oʻqishni boshlashi kerak.
  • Oʻqishga kirgan universiteti qabul jarayonida IELTS talab qiladigan universitet boʻlishi kerak. Universitetning qaysi davlatda joylashgani ahamiyatsiz.
  • British Council orqali 2020-yil 1-maydan 2021-yil 15-sentyabrgacha boʻlgan muddat orasida IELTS imtihonini topshirish uchun roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi  / oʻtishi va 2022-yil 30-sentyabrgacha IELTS imtihoni natijalarini taqdim eta olishi kerak.
  • Kamida IELTS 5.5 natijani qayd etgan boʻlishi /  qayd etishi kerak.
  • Eng kechi bilan 2022-yil 1-sentyabrgacha oʻqishga kirgan universitetidan berilgan qabul xatini taqdim eta olishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga arizalar 2021-yil 30-sentyabr, kun oxiriga qadar BU YERDA qabul qilinadi. Nomzodlar roʻyxatdan oʻtib, onlayn arizani toʻldirishi va quyidagi hujjatlarni ariza shaklida yuklashi kerak:

  • Britaniya Kengashi IELTS imtihoni natijalari haqidagi hisobot shakli (British Council IELTS Test Report Form).
  • Yaqinda olingan pasport rasmi oʻlchamidagi rasm.
  • Pasport yoki nomzodning Oʻzbekiston fuqarosi ekanligini isbotlovchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat.
  • Maxsus talablar sertifikati (agar boʻlsa, boʻlmasa, topshirilmaydi).

Shuningdek, ariza shaklia 500 soʻzdan oshmagan shaxsiy bayon (Personal Statement) ham yoziladi. Shu insho asosida nomzodlarning qisqa roʻyxati shakllantiriladi.

Qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlarga Britaniya Kengashi tomonidan mavzu beriladi va nomzodlar shu mavzuda tadqimot tayyorlab, namoyish qilishi kerak boʻladi. Shundan soʻng gʻoliblar aniqlanadi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin Oʻzbekistondagi Britaniya Kengashi saytidagi rasmiy eʼlon va ariza topshirish jarayoni haqidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!