×

Oʻzbekiston: “Ilm fanni ko‘rsat!” nomli fototanlov; mukofot – maxsus sovgʻalar va suratlarni koʻrgazmada namoyish qilish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

16.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1573 marta

Toshektnda joylashgan Gyote instituti “Koinot. Inson. Aql-idrok.” ko’rgazmasi doirasida  “Ilm fanni ko‘rsat!” mavzusidagi fototanlovni e’lon qildi.

Tanlov ishtirokchilaridan oʻz fotosuratlarida ilm-fanning qaysi yo’nalishida insoniyat muvaffaqiyatlarga erishganini, insonlarning kundalik hayot tarzida ilm – fan yutuqlarining o’rni, yoki qaysi sohada ilm-fan yutuqlaridan foydalanish ijobiy natijalar keltirishi mumkinligini ko’rsat! Atrofingda, kundalik hayotingdagi ilm-fan qaxramonlarini, ularning yutuqlarini, kashfiyotlarini  ko‘rsatish soʻraladi.

Ilm-fan taraqqiyoti har bir sohada, har bir inson hayotida. Uni faqat ko’ra olish kerak.

Tanlovda 12 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan barcha yosh ijodkorlar, havaskor fotograflar qatnashishi mumkin. Tanlovda ishtirok etish bepul.

Grant kimlar uchun?

12 yoshdan 22 yoshgacha boʻlganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov mukofotlari quyidagicha:

  • Eng yaxshi 12 ta rasm taqvimda chop etiladi, tegishli fotosuratchilar ularni bepul olishadi.
  • Eng yaxshi uchlik  “Koinot. Inson. Aql idrok. (UMI)” ko‘rgazmasida 2022 yil 19-maydan – 2022 yil 19-iyungacha namoyish etiladi va tashrif buyuruvchilar tomonidan baholanadi.
  • Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin g‘oliblariga Toshkentdagi Gyote institutining sovg‘alari taqdim etiladi.

Talablar:

Tanovda qatnashish talablari va shartlar quyidagicha:

  • 12 yoshdan 22 yoshgacha boʻlgan havaskor foftgraflar ishtirok etishi mumkin.
  • Yuboriladigan fotosurat hajmi 5 MB dan oshmasligi kerak.
  • Fotosuratga boʻlgan huquqlar fotografga tegishli boʻlishi va boshqa shaxsiy huquqlar, uy-joy huquqlari yoki sanoat mulki huquqlarini buzmasligi kerak.
  • Fotosuratlar yuborilgandan soʻng, ularga bo’lgan huquqlar keyingi marketing uchun Gyote institutiga oʻtkaziladi.
  • Fotosurat katta formatda chop etilishi uchun imkon qadar yuqori aniqlikda va sifatli bo‘lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Suratlar 2022-yil 15-may, soat 23:59 gacha quyidagi elektron pochta manziliga yuborilishi kerak: wettbewerb-taschkent@goethe.de.

Fotosurat yuborishda elektron pochta xabarida quyidagi ma’lumotlar bo’lishi shart:

  • ism va familiya
  • yosh
  • elektron pochta manzili
  • telefon raqami.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +99878 1401470

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!