×

Oʻzbekiston: Mukofot jamgʻarmasi 100 million soʻm boʻlgan “Unique Uzbekistan” fototanlovi!


Grant

MUHLAT

30.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

12762 marta

Yoshlar ishlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi mukofot jamg‘armasi 100 mln so‘m bo‘lgan “Unique Uzbekistan” nomli yosh fotograflar tanlovini eʼlon qildi. Tanlovda 16-35 yoshli barcha havaskor va professional fotograflar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov quyidagi 3 yo‘nalishda o’tkaziladi:

  • Inson va oila: bu yo‘nalishda, fotograflar bir millatga xos urf-odat, ana’analar, qadriyatlarni o‘zida aks ettirgan ijod namunalari bilan ishtirok etishi mumkin. Bir millatning oilaviy an’analari, insonlarining yuz qiyofalari aks etgan suratlar ham ayni shu yo‘nalishga qabul qilinadi.
  • Mening shahrim (qishlog‘im): bu yo‘nalishda fotograflar landshaftga oid ishlari bilan, ya’ni o‘zi istiqomat qiloyatgan shahar(tuman, qishloq)ning diqqatga sazovor maskanlari, turistik hududlari, arxitektura namunalari, turli xildagi manzaralariga oid ijod namunalari bilan ishtirok etish imkoniyatiga ega.
  • Jannatmakon Farg‘onam: bu yo‘nalishda fotosuratchilar Farg‘onaning go‘zal maskanlarini o‘zida aks ettiruvchi suratlari bilan ishtirok etishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

16-35 yoshli barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovning mukofot jamg‘armasi 100 mln. soʻmni tashkil qiladi.

Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: zamonaviy smartfon (Iphone 13 Pro), I darajali diplom va statuetka.
  • 2-oʻrin: zamonaviy noutbok ( cori 7), II darajali diplom va statuetka.
  • 3-oʻrin: zamonaviy planshet (Samsung Tap S7), III darajali diplom va statuetka.

Talablar:

Tanlov shartlari quyidagicha:

  • Tanlovda Oʻzbekistonning barcha hududlaridan boʻlgan 16-35 yoshli havaskor va professional fotograflar qatnashishi mumkin.
  • Yuborilgan ijod namunalari amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelishi, zid g‘oyalarni targ‘ib qilishi mumkin emas.
  • Ishtirokchilar barcha yo‘nalishlarda ishtirok etishi mumkin, faqat bir yo‘nalishda g‘olib deb topiladi.
  • Tanlov uchun yuborilgan suratlar, avval hech qayerda e’lon qilinmagan, tanlov davrida (may-iyun oylarida) va tanlov uchun maxsus olingan hamda yuqoridagi 3 ta yo‘nalish doirasidan chetga chiqmagan tarzda bo‘lishi kerak.
  • Tanlovda ishtirokchilar to‘plagan ballari teng kelib qolgan taqdirda, ishtirokchilar tomonidan yangi ijod namunalari 3 kun muddatda yuborilishi talab etiladi hamda tashkiliy qo‘mita tomonidan yakuniy xulosa beriladi.
  • Koʻpi bilan 10 ta rasm yuborish mumkin.
  • Yuborilgan suratda aks etgan joyning joylashgan joyi toʻliq koʻrsatilishi, nomi va xalq orasidagi atalashi koʻrsatilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov onlayn tartibda o‘tkaziladi va ijod namunalari telegram boti orqali fayl fomatda qabul qilinadi, tashkiliy qo‘mita tomonidan saralangan fotosur’atlar ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi.

Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:

  • 1-bosqich uchun suratlarni 2022-yil 30-maygacha topshirish mumkin.
  • 2-bosqich10-20-iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

1-bosqich. Tanlovda qatnashish uchun 2022-yil 30-maygacha @UniqueUzbekistan telegram botiga fayl formatida yuborilishi lozim. Shundan soʻng, tashkiliy qo‘mita tomonidan saralangan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi. Eng ko‘p “like” yiqqan 30 nafar ijod namunalari mulliflari 2-bosqichga o‘tkaziladi.

2-bosqich. 2-bosqichga o‘tgan ijodkorlardan yangi ijod namunalari yuborishlari uchun 10 kunlik muhlat beriladi. Natijalar tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan aniqlandi va e’lon qilinadi.

Tanlov gʼoliblari 30-iyun “Yoshlar kuni” arafasida taqdirlanadi.

MUHIM: Tanlovga qatnashishga kirishishdan oldin tanlov nizomi bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!