×

O’zbekiston: Toshkentdagi Amerika Kengashlariga ishga joylashish imkoniyati


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4889 marta

American Councils for International Education (Amerika Kengashlari O’zbekiston jamoasi) – bugungi tez rivojlanayotgan zamonda muvaffaqiyat qozonishga shaxslarni va institutlarni tayyorlaydigan, ta’lim olish imkoniyatlarini yaratadigan birinchi darajali, xalqaro notijorat tashkilot hisoblanadi. Hozirda shu tashkilotga Program Assistant (yordamchi xodim yoki dastur yordamchisi) lavozimiga ishga qabul qilinish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur yordamchisi American Councils for International Education tashkiloti tomonidan O’zbekistonda tashkillashtiriladigan dasturlar uchun targ’ibot, yollash, administrativ topshiriqlar, murabbiylik, qo’llab-quvvatlash, tashkilot dasturlarida qatnashgan bitiruvchilar faoliyatini kuzatish va dasturlar amalga oshgandan keyingi ishlarni nazorat qilishga mas’ul shaxs bo’ladi.

Yordamchi xodim o’rta yoki oliy ta’lim, malaka oshirish yoki o’qituvchilar almashinuvi kabi dasturlarni amalga oshirishda yordamlashishi zarur. Amerika Kengashlari O’zbekiston jamoasining asosiy a’zosi sifatida, dastur yordamchisi shuningdek kundalik dasturlarni qo’llab-quvvatlashi va boshqarishi kutilmoqda. Ushbu lavozim dasturlarning asosiy menejeri yoki nazoratchisiga hisobot beradi va shuningdek, Markaziy Osiyo, Yevrosiyo va Vashingtondagi Amerika Kengashlari ofisida dastur xodimlari bilan bevosita ishlashi kerak bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr darajasiga ega shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu vazifa uchun ishga qabul qilingan mutaxassisga oylik maosh to’lanadi. Maosh miqdori suhbat vaqtida ma’lum qilinadi.

Talablar:

  • Nomzod tegishli ta’lim sohasida bakalavr yoki unga tenglashtirilgan darajaga ega bo’lishi;
  • O’zbek va / yoki rus tilini yaxshi bilishi, ingliz tilini esa ona tili darajasida o’zlashtirgan bo’lishi;
  • Ta’lim, ta’limni boshqarish yoki ma’muriy ishlar, ofis administratsiyasi yoki xodimlarni boshqarish sohasida kamida 1-2 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi;
  • Vaqtdan unumli foydalanish, tashkilotchilik hamda rejalashtirish sifatlariga ega bo’lishi;
  • Faol, mustaqil va vazifalarni boshqarish va dasturlarni amalga oshirishda moslashuvchan bo’lishi;
  • Muloqot va turli millat vakillari bilan muomala qilish mahoratiga ega bo’lishi;
  • O’zbekiston va AQSh ta’lim tizimining barcha bosqichlarini yaxshi bilishi va to’liq tushunishi;
  • Noqulay vaziyatlarda ham sayohat qila olishi, bunday vaziyatlarda tajribasi bo’lishi;
  • Dam olish kunlari va kechqurun vaqti-vaqti bilan ishlash uchun moslashuvchan bo’lishi;
  • Byudjetni boshqarishda tajribaga ega bo’lishi;
  • Microsoft Office dasturiy majmuasi va keng tarqalgan ijtimoiy media platformalaridan foydalanishni yaxshi bilishi zarur. Dastur yordamchisining ish vazifalari ro’yxati va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil rasmiy e’lon orqali tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. CV yoki rezyume.
  2. Biriktirilgan xat (Cover letter) – bu xatda nima uchun bu lavozimga qiziqish bildirganingiz, nima uchun bu vazifaga mos ekanligingiz va qancha oylik maosh (barcha soliqlardan keyin qo’lga tegadigan miqdor) talab qilishingizni yozishingiz kerak.

Ishga ariza berish uchun ushbu hujjatlarni info.uz@americancouncils.org elektron manziliga yuboring. Ariza topshirish uchun oxirgi muddat belgilanmagan, lekin arizalar imkon qadar erta topshirilishi tavsiya etiladi, chunki ish o’rni to’lib qolishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!