×

O’zbekiston: Yevropa Ittifoqi delegatsiyasida 4 oylik stajirovka; yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

20.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4220 marta

Yevropa Ittifoqining O`zbekistondagi vakolatxonasi Paid Traineeship for Young Graduates at the EU Delegation to Uzbekistan stajirovka dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur to`rt oy davom etadi. Stajirovka dasturida Yevropa Ittifoqining O`zbekistondagi diplomatik faoliyatiga qiziquvchi va xalqaro munosabatlar va aloqalar sohasida o`qishni tamomlagan hamda ishlayotgan nomzodlar qatnasha oladilar.

Stajirovka davomida nomzodlar YeIning O`zbekistondagi vakolatxonasi siyosat, matbuot va axborot bo`limida tashkilot faoliyatini kuzatish, ishtirok etish va tajriba o`rganish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Dastur 2019-yil sentabr oyida boshlanadi. Dastur ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

YeIning O`zbekistondagi diplomatik faoliyatiga qiziquvchi va xalqaro munosabatlar va aloqalar sohasida o`qishni tamomlagan hamda ishlayotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkoniyatini qo`lga kiritgan nomzodlarga yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya beriladi.

Dastur nomzodning turar joy, viza, yo`l xarajatlari va tibbiy sug`urta to`lovini qoplamaydi. Ularni nomzodning o`zi to`lashi kerak.

Bu haqida batafsil ma’lumotlar: shu yerda va shu yerda ko`rsatilgan.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • YeIga a’zo davlatlar, YIga kirish uchun muzokaralar olib borayotgan mamlakatlar va mezbon davlatlar (jumladan, o`zbekistonliklar) fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod kamida bakalavr diplomiga ega bo`lishi, yoki o`qishni tugatib tegishli davlat tashkilotida ishlayotgan bo`lishi kerak.
  • Nomzod sohasi bo`yicha kerakli bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  • Nomzod siyosiy va iqtisodiy hisobotga hissa qo`shishi lozim.
  • Nomzod Delegatsiyaning Facebookdagi facebook.com/eudeluzb sahifasi va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratishi zarur.
  • Maxsus tadqiqotlarning qisqacha natijasini aks ettirgan ingliz tilidagi matnlar tuzishi kerak.
  • Materiallarni ko`rib chiqishi va tahrirlashi lozim.
  • Delegatsiya tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etishi va yordamlashishi kerak.
  • Agar talab qilinsa, tadbirlarni suratga olishi va hisobot yuritishi kerak bo`ladi.
  • Nomzod matbuot va axborot bo`limi rahbariyati hamda xodimlari tomonidan ko`rsatilgan boshqa vazifalarni ham bajaradi.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 20-maygacha qabul qilinadi. To`liq yozilgan resume va motivatsion xat dedlaynga qadar: DELEGATION-UZBEKISTAN-POLITICAL@eeas.europa.eu pochtasiga jo`natilishi lozim. Hujjat topshirishdan avval yo`riqnoma va talablar bilan to`liq tanishib chiqing. Hujjatning 8-bo`limini diqqat bilan o`qib chiqish lozim, u yerda aynan pul to`lanadigan stajirovka haqida yozilgan. Hujjarni ko`rib chiqish jarayonida qo`shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Talabga javob bermaydigan hujjatlar ko`rilmaydi.

Nomzodlar ikki bosqichli saralash: hujjat topshirish va suhbat asosida saralanadi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o`tgan nomzodlar suhbatga chaqiriladi. Saralashdan o`tolmagan nomzodlar elektron pochta orqali ogohlantiriladi.

Natijalar saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga tez fursat ichida e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: DELEGATION-UZBEKISTAN-POLITICAL@eeas.europa.eu

Rasmiy sayt: https://eeas.europa.eu/delegations/uzbekistan_en

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!