×

O‘zbekistonlik yosh siyosatchilar uchun barcha xarajatlar to‘liq qoplanadigan bir haftalik kurs!


Grant

MUHLAT

30.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1591 marta

Organization for Security and Co-operation in Europe’s (OSCE), OSCE Office for Democratic Institutions and Human Rights (ODIHR) tashkiloti, OSCE Project Co-ordinator in Uzbekistan va Hertie School of Governance in Berlin siyosatchilarni 10th Young Policy Advisers Course (PolAd) kursida qatnashishga taklif etadi. Ushbu kurs o‘zbekistonlik yosh siyosatchilar uchun moʻljallangan. Kursda ishtirokchilar interaktiv usullarda katta yoshlilarni aralash o‘qitish metodlari, tajribaga asoslangan rolli va situatsion o‘yinlar, individual murabbiylik, ekspert ma’ruza kabilar orqali o‘qitiladi. Kursning maqsadi demokratik davlat qurish istagidagi siyosiy maslahatchilarni tayyorlash.

Kurs 2019-yilning 30-sentabrdan 4-oktabrgacha bir hafta davomida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Barcha suhbat va trening, ma’ruzalar ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

35 yoshdan katta siyosatchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kursda ishtirok etish uchun stipendiyani qoʻlga kiritgan nomzodlarning O‘zbekistonda 2019-yilning 30-sentabrdan 4-oktabrgacha o‘qish, yashash uchun turar joy, ovqatlanish o‘quv qurollari xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. O‘zbekiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod kamida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak.
  3. Nomzodning ma’muriy tashkilotlar, vazirlik va agentliklarda kamida 4 yillik kasbiy tajribasi boʻlishi kerak.
  4. Nomzod 1984-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan bo‘lishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Kursga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Nomzodlarning arizalari 2019-yil 30-mayga qadar qabul qilinadi. Shuning uchun ishtirokchilar iloji boricha erta ariza topshirishlari zarur. Qo‘shimcha hujjatlar lozim bo‘lganda tashkilotchilar nomzodlarga o‘zlari murojaat qiladilar.

Nomzodlar siyosiy sohadagi kasbiy tajribalari, ijtimoiy faolliklari, a’lo baholari va bilimlari kabilar asosida saralanadi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar qisqa muddat ichida maʼlum qilinadi.

Bogʻlanish uchun: youth@odihr.pl

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!