×

O’zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun startap loyihalar tanlovi: mukofot jamg’armasi – 1,5 milliard so’m!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4425 marta

IT Park, O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko’magi bilan, O’zbekiston Respublikasining Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi bilan birgalikda, turizm sohasidagi startaplar uchun “Tourism. The path to innovation” tanlovi e’lon qiladi.

Pandemiya va chegaralarning umumiy yopilishi natijasida butun dunyo bo’ylab, shu jumladan, O’zbekistonda ham turizm sohasi katta zarar ko’rdi. Shu sababli, O’zbekistonda turizm sohasini qo’llab-quvvatlash, O’zbekiston Respublikasida startaplar va turizm ekotizimini rivojlantirish uchun yuqori texnologik mahsulotlarni olish uchun chora-tadbirlar ko’rish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish bo’yicha turizm sohasini qo’llab-quvvatlash bo’yicha shoshilinch chora-tadbirlar to’g’risida» gi qarori doirasida tanlov tashkil etildi.

Agar sizda O’zbekistonda turizm sohasida ijobiy o’zgarish kirita oladigan startap g’oyasi bo’lsa, bu tanlov siz uchun.

Grant kimlar uchun?

Turizm sohasidagi startaplar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 20 ta startap loyihasi saralab olinadi va ularni amalga oshirish xarajatlari qoplab beriladi. Tanlov mukofot jamg’armasi 1 500 000 000 so’m.

Talablar:

Saralash mezonlari:

  • Taklif etilayotgan startap loyihaning dolzarbligi: haqiqiy zamonaviy muammolar va vazifalarni hal qilish uchun loyihada ishlab chiqilgan g’oyaning qiymati;
  • Boshlang’ich loyiha g’oyasining innovatsion yo’nalishi va yangiligi: loyihaning ilgari respublikada qo’llanilmagan yangi, takomillashtirilgan texnologiyalar, mahsulotlar va (yoki) ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyillaridan foydalanishni o’z ichiga olganligi;
  • Startap loyihasi natijalariga erishishni baholash: bayon qilingan natijalarni olish uchun muammolarni hal qilishning tavsiya etilgan usullarining mavjudligi, asosliligi va yetarliligi;
  • Bozorda mahsulot yoki xizmatga bo’lgan talabni baholash: e’lon qilingan mahsulot yoki xizmatlarning bozor talabi va tijorat istiqbollari;
  • Boshlang’ich loyihani tijoratlashtirish istiqbollari: kelajakdagi mahsulotni amalga oshirish va bozorga kirish istiqbollari, ma’lum bir iste’molchiga tegishliligi;
  • Loyihaning potensial raqobatbardosh afzalliklarini baholash: iste’molchi uchun asosiy xususiyatlar baholanadi, unga ko’ra mahsulot / texnologiya mavjud analoglardan ustunlikka ega;
  • Loyihaning investitsion jozibadorligi;
  • Loyihaning iqtisodiy samaradorligi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun bu yerda ariza to’ldiriladi. Tanlovga arizalar 2020-yil oktyabr oyi oxiriga qadar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Qabul qaysi sanagacha bo’lishini aniqlashtirib olish uchun tanlov tashkilotchisiga murojaat qiling: +998 71 209 11 99

Murojaat uchun:

Tel.: +998 71 209 11 99

Email: info@it-park.uz

Manzil: 4, Tepamasjid str., Tashkent, Uzbekistan, 100164

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!