×

O’zbekistondagi AQSh elchixonasi: Katmanduda 5 kunlik xalqaro konferensiya – borish-kelish, turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

10.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Nepal

O'QILGAN

4428 marta

O’zbekistondagi AQSh elchixonasi 2019-yil 15-19-iyul kunlari Nepal poytaxti Katmanduda bo’lib o’tadigan the Everest International Model UN (EIMUN) Conference xalqaro konferensiyada Birlashgan Millatlar tashkilot vakili rolida ishtirok etmoqchi bo’lgan o’zbekistonlik 3 nafar talaba uchun grant e’lon qildi. Hozirda ushbu grant uchun hujjatlar qabul qilinmoqda. Hujjatlar O’zbekiston vaqti bilan 10-mart soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

Ushbu 5 kunlik tadbirda Hindiston va Tinch Okeani hududi hamda Markaziy Osiyodan bo’lgan 200 dan ortiq yosh liderlar ishtirok etib, ular ekstremizmga qarshi kurash, ayollarning huquq va erkinliklarini kengaytirish hamda mintaqaviy iqtisodiy integratsiya masalalarini muhokama etishadi. EIMUN haqida batafsil ma’lumot olish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

AQSh elchixonasi grantini qo’lga kiritgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Katmanduga borish va kelish xarajatlari qoplab beriladi.
  • Turar joy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlar O’zbekistondagi biror oliygohda bakalavriat yoki magistratura bosqichida tahsil olayotgan bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • Dastlab EIMUN konferensiyasida ishtirok etish uchun SHU YERDA ro’yxatdan o’ting.
  • Sayohat granti arizasini to’ldiring va uni quyidagi hujjatlar bilan birga elektron manziliga yuboring:
    – Passport nusxasi
    – CV
    – Agar mavjud bo’lsa, oldin MUN’da qatnashganlik sertifikalari.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi va 2019-yil 10-mart soat 18:00 dan kechikmay yuborilishi lozim.

Aqsh elchixonasi faqatgina saralashdan o’tgan nomzodlar bilan bog’lanadi.

Konferensiya xarajatlarini o’zi to’lab ishtirok etmoqchi bo’lganlar EIMUN rasmiy veb-saytida 2019-yilning 15-marigacha ariza topshrishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!