×

AQSh: bakalavr uchun to’liq va qisman qoplanadigan grantlar!


Grant

MUHLAT

15.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4956 marta

AQShning Pensilvaniya shtatida joylashgan Pittsburg Universiteti shu universitet bakalavr kurslariga o’qishga kirgan talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etgan moddiy ta’minot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Moddiy ta’minot dasturi tarkibida fakultet va yo’nalishga qarab turli xil to’liq grant dasturlari bor. Pittsburg universitetida o’qitiladigan kurslar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin (universitetda deyarli barcha sohalar uchun kurslar mavjud.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Moddiy ta’minot dasturi tarkibiga bir nechta grantlar mavjud.

  1. The Cathedral of Learning Achievement Scholarship – ushbu grantni qo’lga krirtgan talaba har 5000, 10 000 yoki 15 000 AQSh dollari miqdoridagi moddiy mablag’ bilan ta’minlanadi.
  2. The Cathedral of Learning Prestige Scholarship – ushbu grantni qo’lga kiritgan talabalar kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi.

Shuningdek, Pittsburg’ga birinchi kursga o’qishga kirgan va jamiyatga kamchilikni tashkil etuvchi etnik guruhdan bo’lgan talabalar uchun 24 ta to’liq grant ham ajratilgan bo’lib, ular kontrakt to’lovi, majburiy to’lovlar, yotoqxona va u yerdagi oziq-ovqat to’lovlarini qoplab beradi va talabaga bir martalik 500 AQSh dollarlik mablag’ hamda o’quv safarlari uchun 2000 AQSh dollarlik moddiy yordam ajratiladi. Grantlar 4 yilgacha beriladi, lekin har yili grant olish uchun talaba 4 lik GPA tizimida kamida 3 bo’lishi kerak.

Talablar:

Pittsburg universiteti moddiy ta’minot dasturi doirasida grant berilishi uchun talaba shu universitetga qabul qilingan va o’qishga taklif olgan bo’lishi shart. Bu grantlar turli millat va irq vakillarini qo’llab-quvvatlaydi. Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod o’qishga kirayotganda taqdim etgan SAT natijalari ancha yuqori bo’lishi zarur. Bu majburiy talab emas, lekin oxirgi yillar grant yutib olgan talabalarning SAT’lari 1300-1500 atrofida bo’lgan.
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. so’nggi yillarda grant yutib olgan talabalarning baholari “A” bo’lgan (ya’ni yuqori balli “5”) va ular eng yuqori ball to’playdigan 3-10% talabalar safida bo’lishgan.
  3. Talaba ACT’dan ham yaxshi ball olgan bo’lsa, grant yutib olish imkoniyati ortadi. Universitet rasmiy sayti ma’lumotiga ko’ra, yaqin yillarda grant berilgan talabalarning ACT natijalari 28-34 bo’ldi.

Yuqoridagilarga asoslanib talabalar reytingi aniqlanadi va grant taqsimlanadi. Lekin undan ham oldin nomzod Pittsburg’ga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi zarur, chunki nomzod o’qishga qabul qilinsa grant uchun nomzodlikka qo’yish va grant belgilash jarayoni avtomatik tarzda boshlanadi.

Talablar bilan batafsil tanishish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar uchun alohida hujjat topshirilmaydi. Universitetning bakalavr kurslaridan biriga qabul qilingan talabalar avtomatik tarzda grantga nomzod sifatida ko’rib chiqiladi. Pittsburg universitetidag kurslarga hujjatlar 2018-yil 15-dekabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yerga kiring.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!