×

Pappalardo Fellowships Program: AQShda fizika bo’yicha 3 yil tadqiqot uchun grant!


Grant

MUHLAT

11.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

868 marta

AQShda joylashgan Massachusetts Institute of Technology (MIT) tomonidan tashkil etilgan Pappalardo Fellowships Program dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur fizika bo’yicha PhD darajasiga ega tadqiqotchi-olimlar uchun mo’ljallangan. Dasturda fizika yo’nalishida kuchli bilim va o’ziga xos fikrlarga ega, ammo ilmiy karyerasining boshlang’ich nuqtasida turgan tadqiqotchilar ishtirok etadilar. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar MIT fizika fakultetida fizika tadqiqotini olib borish imkoniga ega bo’ladilar. Tadqiqotchilar quyidagi mavzularda tadqiqot qilishlari mumkin:

  • Astrofizika
  • Atom, bio, zichlashgan moddalar va plazma fizikasi
  • Amaliy yadro va zarralar fizikasi
  • Nazariy yadro va zarralar fizikasi.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura diplomiga ega fizika fanlari tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur 3 yil davom etadi va bu vaqtda olim tadqiqot olib borishi uchun doimiy yordam va yo’nalish berib boriladi. Bunda tadqiqotchiga yillik stipendiya va tadqiqot uchun alohida 5 000 AQSh dollari mablag’ beriladi.

Talablar:

  • Nomzod 2021-yil 1-sentyabrgacha doktorantura diplomini qo’lga kiritishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Dasturda istalgan davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
  • Nomzod fizikaning ko’rsatilgan yo’nalishlarida o’z tadqiqotlari va tadqiqotlari rejasiga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzodning baholari yuqori bo’lishi, erishgan yutuqlari va chop etilgan ishlari bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjatlar 2020-yil 11-sentyabrgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun nomzodni fizika yo’nalishidagi olim yoki tadqiqotchi nomzodlikka tavsiya etishi zarur. Grantga ariza berish uchun yerdagi shaklni to’ldirishni so’rang. Nomzodlarni ko’rsatish shaklini bu yerdan yukun ariza beruvchi mutaxassis o’z-o’zini nomzodlikka qo’yolmaydi. Shuning uchun, grantni yutib olish niyatidagilar quyidagicha nomzodlarini ko’rsatishlari mumkin:

1-qadam. Grant uchun nomzodingizni ko’rsatishi mumkin shaxs bilan kelishib, bu yerdagi shaklni yuklab olib, nomzodni tavsiya etuvchi shaxsga yuboring. Ushbu shakl 11-sentyabrgacha topshirilishi kerak. Shakl academicjobsonline.org saytiga joylanishi kerak.

2-qadam. Tadqiqotchi fizik olim tomonidan tavsiya etilgach, nomzodga grant dasturiga arizaning qolgan qismini qanday to’ldirilishi haqida batafsil ma’lumot yuboriladi. Bu vaqtda 3ta tavsiyanoma va quyidagi hujjatlar talab etiladi (tavsiyanomalardan biri olimni nomzodlikka tavsiya etgan shaxs bo’lishi kerak):

  • CV
  • Tadqiqot haqida qisqacha bayon
  • Nomzod chop ettirgan nashrlar ro’yxati
  • Nomzod fizikaning qaysi yo’nalishida tadqiqot olib borishi va boshqa shaxsiy ma’lumotlar.

Agar arizalar ijobiy ko’rib chiqilsa, nomzod 30 daqiqalik onlayn suhbatga taklif qilinadi. Suhbatlar 10-16 dekabr kunlari bo’lib o’tadi. Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilar uchun tadqiqot 2021-yil sentyabrda boshlanadi.

Savollaringiz bo’lsa, breen@mit.edu elektron manzili orqali Ms. Carol Breen bilan bog’lanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!