×

Parij: Magistratura talabalari uchun barcha xarajatlar qoplanadigan yozgi maktab; joy – 30ta!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3519 marta

Fransiyaning The Air Liquide kompaniyasi magistratura bosqichidagi biznes yoki muhandislik boʻyicha tahsil olayotgan yoshlarni oʻzining 2020-yilgi Summer School yozgi maktabida ishtirok etishga taklif etadi. Dastur Air Liquidening Parij shahridagi bosh ofisida 2020-yilning iyun-iyul oylarida taxminan bir hafta davomida boʻlib oʻtadi.

Dastur davomida ishtirokchilar turli prezentatsiyalar, muhokamalar, keys stady (case studies), guruh mashgʻulotlarida qatnashish imkoniga ega boʻladilar. Dastur qatnshchilarining eng iqtidorlilariga Air Liquide kompaniyasidan ish joylari taklif etilishi ham mumkin. Dastur doirasida 30 nafar ishtirokchiga grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Biznes yoki muhandislik boʻyicha magistraturada oʻqiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur qatnashish imkonini qoʻlga kiritganlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Ishtirokchining sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  2. Barcha viza va roʻyxatga olish xarajatlari toʻlab beriladi.
  3. Parijga borish va qaytish uchun aviachipta olib beriladi.
  4. Bepul oziq-ovqat hamda turar joy bilan ta’minlanadi.

Ishtirokchi shahar boʻylab sayohat qilish, xaridlarni amalga oshirish kabi shaxsiy xarajatlarini oʻzi qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirshlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yoʻq).
  • Nomzod 21 yoshdan katta boʻlishi va yaroqli fuqarolik passportiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod biznes yoki muhandislik boʻyicha magistratura kursining oxirgi yoki oxirgidan oldingi bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi zarur.
  • Nomzodning baholari a’lo boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini kamida C1 darajasida bilishi kerak.
  • Nomzod sanoat ekologiyasiga (industrial environment) hamda Air Liquide kompaniyasi faoliyatiga qiziqish bildirishi kerak.
  • Nomzod yangi muhitga tez oʻrgana oladigan, qiziquvchan va qiyinchiliklardan qoʻrqmaydigan boʻlishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2020-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.

Dasturga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

Yozgi maktabda qatnashish uchun nomzodlar CV/rezyume va unga briktirilgan xatni (cover letter), shuningdek magistraturada tahsil olayotganlik haqidagi ma’lumotnomani 2020-yilning 1-martiga qadar ww-summer-school@airliquide.com elektron manziliga yuborishi kerak. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga email orqali xabar beriladi va suhbat kuni belgilanadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!