×

Paris-Saclay universitetining xalqaro magistrlar uchun granti!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

1465 marta

Parij-Saclay universiteti o’zining magistratura dasturlariga yuqori malakali xorijiy talabalari, ayniqsa, doktorlik darajasi uchun izlanish qilayotgan, ilmiy loyihalarini rivojlantirish istagida bo’lgan tadqiqotchilarni universitetga kirishiga yordam berish maqsadida har yili stipendiyali dastur e’lon qiladi.

Stipendiya berilishi mo’ljallangan talabalar soni: 160 ta

O’qish sohasi: Nomzod universitetda mavjud har qanday fan sohasini tanlashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

MAGISTRATURADA O'QISHNI XOHLOVCHI XALQARO TALABALAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Grant yiliga 10,000 yevro, nomzodni o`quv yili muddatiga ko`ra ro`yhatga olgan muassasa tomonidan to`lanadi va har yili o`n oydan kam bo`lmagan muddatga.
  • Maksimal 1000 yevro sayohat va VISA xarajatlari uchun nomzodning kelib chiqish davlatiga ko`ra taqdirlanadi.
  • G`oliblarga stipendiya, safar va viza to`lovlari faqatgina Fransiyaga kelganlaridan so`ng qoplab beriladi. To`lov oldindan amalga oshirilmaydi.

Talablar:

Yangi keluvchi xorijiy talabalar va maksimal 30 yoshlilar qabul qilinadi.

Dasturning boshlanishi:

2018-09-01

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab Paris-Saclay universitetiga qabul qilinishi lozim. Qabul qilingach, aynan qaysi talabalar ushbu dasturga nomzod bo’lishi mumkin ekanligi e-mail orqali nomzodlarning shaxsan o’ziga xabar qilinadi. Tanlangan nomzodlar dasturga onlayn ariza tophiradi. Shuningdek, ikkita tavsiyanoma ham yuborilishi kerak (ilmiy rahbar, professor, dekan tomonidan).

Eslatma: Ushbu grant Paris-Saclay universiteti tomonidan e’lon qilinadi va hozircha 2018-2019-o’quv yili uchun hujjat qabul qilish boshlanmagan. Boshlanishi bilan Grantlar.uz saytida e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!