×

Vengriya: magistratura uchun 25% grant


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

1980 marta

Vengriya poytaxtida joylashgan International Business School oliygohining MBA Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetdagi MBA in Data-Driven Management kurslariga o’qishga qabul qilingan eng umidli talabalarga beriladi. Grantdan maqsad MBA kursiga o’qishga kirgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

MBA in Data-Driven Management kursi ish tajribasiga ega mutaxassislar uchun mo’ljallangan bo’lib, o’z faoliyatini boshlagan tajribali shaxslarni ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv sirlari bilan tanishtirishga mo’ljallangan. Kurs bir yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MBA grantlarini yutib olgan talabalarning to’lov kontraktlarining 25% qismi universitert tomonidan qoplab beriladi. MBA kursining kontrakt to’lovi bir semestr uchun 6500 yevroni tashkil qiladi. grant yutib olgan talaba esa grant tasdiqlangach bir martada 4650 yevro miqdoridagi birinchi semestr kontrakt to’lovini to’lashi kerak bo’ladi, undan tashqari o’qish boshida bir martalik 900 yevro to’lovni ham amalga oshirish kerak.

Talablar:

Grantga nomzodlikka qo’yilish uchun nomzod GMAT testidan kamida 650 ball to’plagan bo’lishi  va a’lochi bo’lishi zarur. MBA kursiga qabul talablari esa quyidagicha:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur. Agar bakalavr bosqichida o’qigan kursingiz biznes sohasiga yaqin bo’lsa, yanada yaxshi.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Qabul uchun minimal talab IELTS 6.5 yoki TOEFL 575. Til sertifikati yo’q nomzodlar universitetning mahsus til imtihonidan o’tkaziladi.

Dasturga qabul jarayoni:

MBA grantiga hujjat topshirish uchun alohida ariza berish jarayoni yo’q. Oldin MBA kursiga onlayn hujjat topshirish zarur, hujjat topshirishda esa quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  1. Bakalavr diplomi (biznes sohasiga yaqin yo’nalishda bo’lsa yanada yaxshi).
  2. Baholar.
  3. CV.
  4. 3-5 yil ish tajribasini ko’rsatuvchi hujjat.
  5. Motivatsion xat.
  6. Til bilish darajasini ko’rsatuvchi test.

MBA kurslaridan biriga hujjat topshirgach, scholarship@ibs-b.hu elektron manziliga xabar yuborish kerak. Xatda MBA kursiga hujjat topshirganingiz va grant yutib olishni xohlashingizni ko’rsatishingiz zarur.

Ma’lumot uchun  info@ibs-b.hu elektron manziliga yoki +36 1 588 8600 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!